BO SZYUYI

BO SZYUYI (772-846) xitoy shoiri. Oʻz davri tuzumi tartibotlarini tanqid qilgani uchun taʼqib qilingan. 3 mingga yaqin sheʼr yozgan. Xalqorasida mashhur boʻlgan. Bo Szyuyi lirik sheʼrlarida hayot quvonchlari, insonga boʻlgan samimiy muhabbat oʻz aksini topgan. «Mangu sogʻinch haqida qoʻshiq», «Ud» («Arfa») poemalari bor. 10 sheʼrdan iborat «Sin naqoratlari», 50 sheʼrdan iborat «Yangi xalq qoʻshiqlari» tuplamlarida jamiyatda avj olgan poraxoʻrlikni va oʻzaro qirgʻinlarni qoralaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x