KEGEYLI TUMANI

KEGEYLI TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1928-y. 3 sent. da Chimboy tumanidan ajratib tashkil etilgan. Chimboy, Nukus, Qoraoʻzak, Boʻzatov tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,94 ming km2. Aholisi 58,2 ming kishi (2000). Kegeyli tumanida 1 shahar (Xalq-obod), 1 shaharcha (Kegeyli) va 6 ovul fuqarolari yigʻini (Abat, Janabozor, Jalpaqjap, Kumshunkoʻl, Oqtoʻba, Qiziluy) bor (1998). Markazi — Kegeyli … Читать далее

YERQALAMPIR

YERQALAMPIR, xren (Armoracia) — karamdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik turi, sabzavot ekini. Yevrosiyoda 2 turi bor. Oddiy Yerqalampir (A. rusticana) — Yevropa, Hindiston, AQSH, Xitoy, Oʻrta Osiyoda ekiladi (ildizida S vitamini, efir moylari, fitonsidlar bor). Isteʼmol uchun yoʻgʻon etli ildizpoyasi (ziravor sifatida) va bargi ishlatiladi. Tupi serbarg. Bargi yashil, choʻziq, toʻp-toʻp boʻlib oʻsadi. Ildizi … Читать далее

ISPANIYA

ISPANIYA (Espana), Ispaniya Qirolligi (Reino de Espana) — Yevropaning jan. gʻarbida, Pireney ya. o. da joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar o. lari, Afrikaning shim. qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya sh. lari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas o. lari ham Ispaniyaga qaraydi. Mayd. 504,75 ming km2. Aholisi 40,037 mln. kishi … Читать далее

KROTSIMONLAR

KROTSIMONLAR (Talpidae) – hasharotxoʻrlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvonlar oilasi. Krotsimonlar (yer yuzasida hayot kechiruvchi yerqazardan tashqari) yer qazib, yer ostida hayot kechirishga moslashgan. Tanasi gʻoʻlasimon, tashqi quloq suprasi yoʻq, oldingi oyoqlari qisqa, tirnogʻi uzun va qattiq, moʻynasi qisqa, silliq. Krotsimonlar yaxshi koʻrmaydi; baʼzi birlarining koʻzi teri bilan qoplangan. Eshitish va hid bilish organi yaxshi … Читать далее

IRLANDIYA

IRLANDIYA (irlandcha Eire, ing. lrelang) — Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya o. da joylashgan davlat. Mayd. 70,3 ming km2. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi. Poytaxti — Dublin sh. Davlat tuzumi. Irlandiya — respublika. 1937-y. 29 dek. da qabul qilingan hamda 1972 va 1999-y. larda tuzatishlar kiritilgan … Читать далее

LITVA

LITVA (Lietuva), Litva Respublikasi (Lietuvos Respublika) — Sharqiy Yevropada, Boltik, dengizi boʻyida joylashgan davlat. Mayd. 65,2 ming km2. Aholisi 3610 ming kishi (2001). Poytaxti — Vilnyus sh. Maʼmuriy jihatdan 44 tuman (rajonas)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Litva — mustaqil demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-y. da qabul qilingan (1996-y. da oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2003-y. … Читать далее

LIMAN

LIMAN (yun. limen — gavan, qoʻltiqcha) — 1) qirgʻoqlari uncha baland boʻlmagan, lekin koʻpincha tik qirgʻoqli, choʻziq qoʻltiq. L. dengiz sohilining pasayib, tekisliklardagi daryo vodiylari va jarliklarning suv bosishidan hosil boʻladi. Koʻpincha daryo quyilish joyining davomidan iborat. Liman maydoni bir necha m2 dan oʻnlab km2 ga chiqish joyi dengizga tutash yoki sayozlik bilan ajralgan boʻladi. … Читать далее

QUYI SAKSONIYA

QUYI SAKSONIYA — Germaniya yeri (federativ birlik). Mamlakatning shim. qismida, Vezer, Ems, Elba daryolari havzasida. Shimoliy dengizga tutash. Katta qismi Oʻrta Yevropa tekisligida joylashgan. Jan.-sharqida Gars togʻlari bor. Mayd. 47,6 ming km2. Aholisi 7,9 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Gannover sh. Quyi Saksoniya kattaligi boʻyicha 2-oʻrindagi yer. Iqtisodiyoti industrial-agrar xarakterga ega. Foydali qazilmalardan neft, … Читать далее

KYUSYU

KYUSYU, K i u — S i u (yaponcha — toʻqqiz viloyat) — Yaponiyaning jan. qismidagi orol. Tinch okean, Ichki Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni yondosh mayda orollar b-n birga 42,1 ming km2. Qirgʻoq chi-zigʻi notekis, qoʻltiq koʻp. Relyefi, asosan togʻli, shim. va gʻarbi sertepa va allyuvial pasttekislik. Kyusyuning eng baland joyi … Читать далее

ZARAFSHON VODIYSI

ZARAFSHON VODIYSI — Oʻrta Osiyoning markaziy qismida, TurkistonOqtov bilan Zarafshon tizmalari orasida joylashgan koʻndalang vodiy. 3. v. ning sharqiy togʻli qismi Tojikiston, gʻarbiy togʻ etagi va tekislik qismi Oʻzbekiston hududida. Tektonik yoʻl bilan vujudga kelgan. Hoz. relyefining shakllanishida Zarafshon daryosining doimiy va vaqtli irmoqlari hamda shamol muhim rol oʻynagan. 3. v. Zarafshon muzligidan (bal. 2775 … Читать далее