LIMAN

LIMAN (yun. limen — gavan, qoʻltiqcha) — 1) qirgʻoqlari uncha baland boʻlmagan, lekin koʻpincha tik qirgʻoqli, choʻziq qoʻltiq. L. dengiz sohilining pasayib, tekisliklardagi daryo vodiylari va jarliklarning suv bosishidan hosil boʻladi. Koʻpincha daryo quyilish joyining davomidan iborat. Liman maydoni bir necha m2 dan oʻnlab km2 ga chiqish joyi dengizga tutash yoki sayozlik bilan ajralgan boʻladi. Dunayning quyilish joyidagi L. Girla deb ataladi. Azov va Qora dengizlarining shim. sohillarida Liman koʻp. Bu yerlarda Hojibey, Dnepropetrovsk, Kuyalnik kabi katta Limanlar bor. Koʻpincha, Limanda mayda qum, alevrit va gil, shuningdek, organik moddalar toʻplanib, yonuvchi slanes, koʻmir, neft konlari va boksit yotqiziqlari hosil boʻlishi mumkin. Quruq iqlimli joylarda va materikdan chuchuk suv kam kelganda Liman suvida tuzlar yoki tuzli loyqa choʻkib, shifobaxsh balchiq paydo boʻladi;

2) RF Yevropa qismining qurgʻoqchil jan.-sharqiy rayonlaridagi sayoz koʻlmaklar. Bahorda Limanga qor-muz suvlari toʻlib, muvaqqat koʻllar hosil boʻladi, yozda esa qurib qoladi. Bunday Liman lardan oʻtloq va xaydab ekin ekiladigan yer sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x