QUYI SAKSONIYA

QUYI SAKSONIYAGermaniya yeri (federativ birlik). Mamlakatning shim. qismida, Vezer, Ems, Elba daryolari havzasida. Shimoliy dengizga tutash. Katta qismi Oʻrta Yevropa tekisligida joylashgan. Jan.-sharqida Gars togʻlari bor. Mayd. 47,6 ming km2. Aholisi 7,9 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Gannover sh.

Quyi Saksoniya kattaligi boʻyicha 2-oʻrindagi yer. Iqtisodiyoti industrial-agrar xarakterga ega. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, temir rudasi va rangli metall rudalari, kaliy va osh tuzi qazib olinadi. Qoʻngʻir koʻmir konlari bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, kemasozlik («Meyer» verfi), poʻlat quyish va kimyo sanoatlari. «Folksvagen» konserni eng yirik korxonalardan biri. Fotoapparat va pianino ishlab chiqariladi. Elektrotexnika, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Eng yirik sanoat markazi — Gannoverda har yili sanoat va xalqaro kommunikatsiya texnikasi yarmarkalari oʻtkaziladi.

Hududining 2/3 qismidan q. x. da foydalaniladi. Ularning deyarli yarmi yaylov va oʻtloq. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Asosan, yem-xashak ekinlari, ildizmevalilar va kartoshka ekiladi.

Muhim portlari — Vilgelmsxafen, Emdem, Nordenxam, Brake. turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x