MOʻYNOQ TUMANI

MOʻYNOQ TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasining shim. dagi tuman. 1931-y. 19 sent. da tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining jan. dagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Krzogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 37,94 ming km2. Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fukarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Moʻynoq) … Читать далее

PODOLIYA QIRLARI

PODOLIYA QIRLARI, Podoliya platosi — Ukrainaning jan.-gʻar-bidagi qirlar. Dnestrning chap sohilida. Shim.gʻarbdan jan.-sharqqa choʻzilgan. Ohaktosh, mergel, qumtosh va slaneslardan, sharqiy qismi esa granit va gneyslardan tarkib topgan. Eng baland joyi 471 m (Kamula togʻi). Podoliya qirlarining katta qismi haydalib, deh-qonchilik qilinadi. Dub oʻrmonlari va oʻtloq dashtlari bor. Пост Навигацияси

MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

MOONZUND ARXIPELAGI

MOONZUND ARXIPELAGI, Gʻarbiy Estoniya arxipelagi — Boltiq dengizidagi orollar guruhi, Estoniya tarkibida. Riga qoʻltigʻidan shim., shim.-gʻarbda joylagan. Moonzund arxipelagi Sa-aremaa, Xiyumaa, Muxu va Vormsi kabi yirik orollar va 500 dan ortiq mayda oroldan iborat. Mayd. 4 ming km2. Yer yuzasi aksari pasttekislik. Eng baland joyi 54 m. Orollar, asosan, ohaktoshdan tarkib topgan boʻlib, usti dengiz … Читать далее

XORAZM VOHASI

XORAZM VOHASI — Amudaryoning quyi qismidagi qad. voha. X. v. da Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻistonning jan. gʻarbiy qismi hamda Turkmaniston Toshhovuz viloyatining shim. sharqiy qismi joylashgan. Shim. dan (shartli ravishda) Qoʻngʻirot kengligi, gʻarb va jan. da Ustyurt platosi va Qoraqum choʻllari, sharkda Qizilqum choʻli bilan chegaradosh. Xorazm vohasi hududi yuzasining shakllanishi Amudaryo akkumulyativ faoliyati bilan … Читать далее

SESTODOZLAR

SESTODOZLAR — sestodalar va ularning lichinkalari qoʻzgʻatadigan invazion kasalliklar (gelmintozlar). Odam va hayvonlarda uchraydi. Sestodalarning yetilgan (tasmalik) shakllari odam hamda hayvonlar ichagida yashaydi va urchiydi, ular tuxumi axlat bilan tashqi muhitga chiqadi va lichinka davri oraliq xoʻjayin (choʻchqa, hoʻkiz, baliq va b.) tanasida kechadi. Sestoda lichinkalari — finnalari (q. Finka) odamga chala pishirilgan baliq, qoramol … Читать далее

SEBARGA

SEBARGA (Trifolium) — dukkakdoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini. 200 ga yakin turi Shim. yarim sharning moʻtadil, shuningdek, subtropik mintaqalarida, qisman Jan. Amerika va Afrikada uchraydi. Kizil (T.pratense L.), pushti Sebarga (T. hubridum), oq Sebarga (T. repens), misr S. si (T. alexandrinun L.), eron S. si (T. resupinatum L.) … Читать далее

OʻTROQLIK

OʻTROQLIK — maʼlum bir hududda uzoq vaqt turgʻun hayot kechirish tarzi, koʻchmanchilikning aksi. qadimiy tosh davri (paleolit)ga mansub yodgorliklarda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalardan aniqlanishicha, Oʻtroqlik ilk tosh davrining soʻnggi bosqichlaridayoq (mil. av. 500 — 150 ming yilliklar) yuzaga kela boshlagan. Bir necha 100 ming yilliklarni qamragan odamzodning uzoq oʻtmishida hayot taqozosi bilan shakllanib, uning odatiy turmush … Читать далее

TOSHLOQ TUMANI

TOSHLOQ TUMANI — Fargʻona viloyatidatn tuman. 1935-y. da tashkil etilgan. 1959-y. da Oxunboboyev tumaniga birlashtirilgan. 1973-y. 12 apr. da qayta tiklangan. Gʻarbdan Margʻilon sh., shim. gʻarbdan Oxunboboyev, Yozyovon, sharqsan Quva tumanlari, jan. sharqdan Quvasoy sh. va shim. sharqdan Andijon viloyati Boʻz tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,24 ming km2. Aholisi 134,9 ming kishi (2000). Tumanda 1 … Читать далее

XARKOV VILOYATI

XARKOV VILOYATI — Ukraina tar kibidagi viloyat. 1932-y. 27 fev. da tashkil etilgan. Mayd. 31,4 ming km. Aholisi 2,9 mln. kishiga yaqin (2004), asosan, ukrainlar va ruslar. Shuningdek, yahudiy, belorus, tatar va moldavanlar ham yashaydi. 1 km2 ga 94 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 73%. Muhim shaharlari: Izyum, Lozovaya, Balakleya, Kupyansk, Lyubotin, Volchansk, Merefa, Chuguyev, … Читать далее