YANGI ZELANDIYA

YANGI ZELANDIYA — Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismidagi davlat. Mayd. 268,7 ming km2. Aholisi 3,994 mln. kishi (2004). Poytaxti — Vellington shahri Maʼmuriy jihatdan 10 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yangi Zelandiya — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi parlamentar monarxiya. Buyuk Britaniya parlamenti va asosan, Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlariga amal … Читать далее

YUNUSOV Sobir Yunusovich

YUNUSOV Sobir Yunusovich (1907.18.3 Toshkent 1995.29.11) kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1952). SSSR FA muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari d-ri (1949), prof. (1952). Mehnat Qahramoni (1969). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1935). Urush qatnashchisi (1941—43). Oʻzbekiston FA Kimyo instituti alkaloidlar kimyosi lab. mudiri (1943—87), ayni vaqtda in-t direktori … Читать далее

YERMOLOVA Mariya Nikolayevna

YERMOLOVA Mariya Nikolayevna (1853—1928) — rus aktrisasi. Rossiya xalq artisti (1920), Mehnat Qahramoni (1924). 1871-y. dan Kichik teatrda ishlagan. Fojiaviy rollar ustasi. Yermolova ijodining ahamiyati rus va jahon teatri sanʼati tarixida nihoyatda buyukdir. U qatnashgan har bir spektakl ijtimoiy hodisaga aylangan. Asosiy rollari: Mariya Styuart («Mariya Styuart»), Ioanna dʻArk («Orlean qizi»), Kruchinina («Aybsiz aybdorlar»), Ofeliya, … Читать далее

YASHIN

YASHIN, Komil Yashin (taxallusi; asl nomi Nuʼmonov Komil) (1909.25.12, Andijon — 1997.25.9, Toshkent) — shoir, dramaturg, publitsist va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1969), Oʻzbekiston FA akad. (1968), Mehnat Qahramoni (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). H. Nosirovaning turmush oʻrtogʻi. Leningraddagi oʻrmon xoʻjaligi in-tida oʻqigan (1925— 28). Andijon maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1928—30). Andijon viloyat … Читать далее

YASSAVIYLIK

YASSAVIYLIK — tasavvufdagi tariqatlardan biri. Asoschisi Ahmad Yassaviy. 12-asrda Oʻrta Osiyoda paydo boʻlgan. Yassaviylik taʼlimotiga koʻra, komil murshid (shayx)ning zimmasidagi birinchi vazifa oliy insoniy sifatlarni oʻzida mujassam etish, shariat ilmini mukammal egallab, soʻng muridlarni ortidan ergashtirishga erishishdir. Yassaviylikka koʻra, murid quyidagi talablarga rioya qilishi zarur: biror kishini oʻz murshididan ustun qoʻymasligi va unga mutlaq ehtirom … Читать далее

YUSUPOV Karim Rahimovich

YUSUPOV Karim Rahimovich (1910.10.10, Zangiota tumani Xonobod qishlogʻi) — xalq seleksioneri, usta dehqon, sabzavotchilik amaliyoti novatori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1965). Mehnat faoliyatini oʻzi tugʻilib oʻsgan qishloqda tuzilgan kzda kolxozchi dehqon sifatida boshlangan (1931). Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjalik instituti qoshidagi ishchi f-tini tugatgan (1933). Buxoro viloyati Qiziltepa tumanida bosh agronom (1933—41), 2-jahon urushi qatnashchisi, Toshkent … Читать далее

YASLI-BOGʻCHA

YASLI-BOGʻCHA — Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining maktabgacha taʼlim boʻgʻinidagi 2 oylikdan 6 (7) yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalash maskani. Yasli-bogʻcha larda bolalarning jismoniy, ruhiy, aqdiy, axloqiy va estetik rivojlanishi uchun lozim boʻlgan sharoit yaratiladi, shuningdek ularda mehnat qilish koʻnikmalari, xotira va tafakkur unsurlari shakllantirib boriladi. Пост Навигацияси

YARIMFABRIKAT

YARIMFABRIKAT — bir korxonada ishlab chiqarilgan va aksariyat boshqa korxonada ishlab chiqariladigan murakkab mahsulotlarning tarkibiy qismi tarzida foydalaniladigan tayyor mahsulot. Korxonaning oʻzida ishlab chiqarilgan hamda chetdan sotib olingan Yarimfabrikat larga boʻlinadi. Mas, avtomobil dvigateli yoki avtomobil gʻildiraklari avtomobilni yigʻishda foydalaniladigan Yarimfabrikat hisoblanadi. Bir sexda tayyorlanib, ikkinchi sexda qayta ishlashni talab etadigan mehnat mahsulotlari (mas, qora … Читать далее

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligiga stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz, aritmik … Читать далее

YAMANLIKLAR

YAMANLIKLAR, Yaman arablari — xalq, Yamanning asosiy aholisi. Umumiy soni 13,7 mln. kishi (1990ylar oʻrtalari). 1,4 mln. kishi Saudiya Arabistonida yashaydi. Fors koʻrfazi davlatlari, Tunis, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyada ham yashashadi. Ular hunarmandchilik, baliq ovlash, neftni qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatida mehnat qilmoqdalar. Dindorlari — musulmonlar (sunniylar va shialar). Пост Навигацияси