YUNUSOV Sobir Yunusovich

YUNUSOV Sobir Yunusovich (1907.18.3 Toshkent 1995.29.11) kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1952). SSSR FA muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari d-ri (1949), prof. (1952). Mehnat Qahramoni (1969). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1935). Urush qatnashchisi (1941—43). Oʻzbekiston FA Kimyo instituti alkaloidlar kimyosi lab. mudiri (1943—87), ayni vaqtda in-t direktori (1949—52), Oʻzbekiston FA vitseprezidenti (1952—62). Oʻzbekiston FA Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti tashkilotchisi va direktori (1958— 83), ilmiy konsultant (1983—86), faxriy direktori (1987-95), Oʻzbekiston FA kimyo-texnologiya boʻlimi raisi (1986—87). Ilmiy ishlari tetragidroizoxinolin va fenantridin alkaloidlarini tadqiq qilish, yangi alkaloidlar tuzilishini aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish, oʻsimliklarda alkaloidlar hosil boʻlish mexanizmini, ularning oʻsish maydonlariga qarab yigʻilishi va toʻplanishi dinamikasini oʻrganishga oid.

Yunusov — Oʻzbekistonda alkaloidlar kimyosi maktabining asoschisi. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq oʻsimlik tadqiq qilinib, ularning yarmidan koʻprogʻida alkaloidlar mavjudligi aniqlandi, 1000 dan ortiq alkaloidlar ajratib olindi, sitizan, galantamin, papaverin, protopin kabi muhim alkaloidlarning 100 dan ortiq manbai topildi. Tibbiyot uchun amaliy ahamiyatga ega 20 ga yaqin birikma amaliyotga tavsiya etildi.

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Vafotidan soʻng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2002). Oʻzbekiston FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga uning nomi berilgan.

As: Alkaloida, T., 1981.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x