YUSUPOV Karim Rahimovich

YUSUPOV Karim Rahimovich (1910.10.10, Zangiota tumani Xonobod qishlogʻi) — xalq seleksioneri, usta dehqon, sabzavotchilik amaliyoti novatori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1965). Mehnat faoliyatini oʻzi tugʻilib oʻsgan qishloqda tuzilgan kzda kolxozchi dehqon sifatida boshlangan (1931). Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjalik instituti qoshidagi ishchi f-tini tugatgan (1933). Buxoro viloyati Qiziltepa tumanida bosh agronom (1933—41), 2-jahon urushi qatnashchisi, Toshkent viloyati Qorasuv tumani oʻrmon xoʻjaligida (1945—50), Oʻrta Chirchiq tumanidagi jamoa xoʻjaligida bosh agronom (1951— 60), Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. institutida ilmiy xodim (1960-82). Mustaqil holda sabzavot seleksiyasi bilan shugʻullandi va yakka tanlov asosida yirik mevali, oʻrta kechpishar (135 kunda pishadigan), tupi kuchli oʻsadigan (poyasi 1,5—2 m), serhosil (har tupida 8—10 kg), sifatli, kasalliklarga chidamli, vazni 0,3—1,2 kg, hosildorligi 500—600 s/ga (1000 gacha), eti mazali, urugʻi kam, mashhur «Yusupov» pomidor navini yaratdi (ChudorinkaX Marglob). Mazkur nav 1960-yildan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida, shuningdek, qoʻshni respublikalarda r-nlashtirilgan. «Yusupov» navli pomidor» kitobi (1967) muallifi. «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x