YARIMFABRIKAT

YARIMFABRIKAT — bir korxonada ishlab chiqarilgan va aksariyat boshqa korxonada ishlab chiqariladigan murakkab mahsulotlarning tarkibiy qismi tarzida foydalaniladigan tayyor mahsulot. Korxonaning oʻzida ishlab chiqarilgan hamda chetdan sotib olingan Yarimfabrikat larga boʻlinadi. Mas, avtomobil dvigateli yoki avtomobil gʻildiraklari avtomobilni yigʻishda foydalaniladigan Yarimfabrikat hisoblanadi. Bir sexda tayyorlanib, ikkinchi sexda qayta ishlashni talab etadigan mehnat mahsulotlari (mas, qora va rangli metallar, kimyoviy tolalarning dastlabki tayyorlamalari) korxonaning oʻzida ishlab chiqarilgan Yarimfabrikat deyiladi. Kooperatsiya yoʻli bilan yetkazib beriladigan mahsulotlar sotib olingan Yarimfabrikat deyiladi (mas, paxta tozalash sanoati korxonalarida tayyorlangan paxta tolasi ip yigiruv korxonalari uchun Yarimfabrikat dir).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x