VIZANTIYASHUNOSLIK

VIZANTIYASHUNOSLIK, vizantistika — Vizantiyaning tarixi, HUKUQI, tili va madaniy merosini (adabiyoti, falsafasi, sanʼati va b.) oʻrganuvchi gumanitar fanlar majmui. Vizantiyashunoslik alohida bilim tarmogʻi sifatida 19a. 2-yarmida, fanda «Vizantiya» termini qaror topgan chogʻda shakllandi. Lekin Vizantiyashunoslikning ildizlari chuqur boʻlib, u uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Vizantiyadan tashqarida uning madaniyati va tarixiga qiziqish ilk oʻrta asrlardayoq tarixiy taqdirlari … Читать далее

BOSHIBUZUQLAR

BOSHIBUZUQLAR — turklarning nomuntazam piyoda harbiy boʻlinmalari nomi. Usmonli turk imperiyasi hududidagi jangovar qabilalar — cherkeslar, albanlar, kurdlar va b. dan yollab olingan. Boshibuzuqlar oʻta dovyurak boʻlganlaridan shunday deb atalganlar. Xukumat ularni qurolyarogʻ, oziq-ovqat b-n taʼminlagan, lekin maosh bermagan. Boshibuzuqlar Turkiya sultonlari olib borgan urushlarda dushmanga qiron keltirib, behad dahshat solganlar. Ularning jasorati, ayniqsa, rusturk … Читать далее

BOLALAR FALAJI

BOLALAR FALAJI — nerv sistemasining turli zararlanishlari oqibatida roʻy beradigan va reflektorharakat faoliyatining, baʼzan ruhiyat va nutqning buzilishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Bosh miyaning spastik (iyerebral) falaji va periferik nervlar zararlanishidan kelib chiqadigan (shalviratuvchi) falajlikdan farq qiladi. Bolalar spastik falaji koʻpincha qoʻl, oyoq va tana muskullari falaji, akliy rivojlanishning sekinlashuvi, tutqanoq tutishi, giperkinez (ixtiyorsiz harakatlar … Читать далее

VENGRIYA

VENGRIYA (Magyarorszag), Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Mayd. 93 ming km2. Aholisi 10,44 mln. kishi (2000). Poytaxti — Budapesht sh. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (medye) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Davlat tuzumi. Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 20 avg. da qabul … Читать далее

GIPOFIZAR KAXEKSIYA

GIPOFIZAR KAXEKSIYA (Cachexia hypophysialis) , Simmonds kasalligi — gipotalamus yadrolari shikastlanganda va gipofiztsht oldingi boʻlagida tropgormonlar ishlab chiqarilishi kamayganda yoki butunlay boʻlmaganda kelib chiqadigan kasallik; gipotalamus markazlarining funksional buzilishi; gipotireoz, gipokortitsizm, gipogonadizm bilan ifodalanadi. Asosan jinsiy bezlar va qalqonsimon bez hamda buyrak usti bezi pust qavati faoliyatining yetishmaslik belgilari namoyon boʻladi. Bemor tez orada choʻpustixon … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

GAZETA

GAZETA (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan … Читать далее

VALYUTA ChEKLASHLARI

VALYUTA ChEKLASHLARI, valyuta nazorati — davlat tomonidan chet el valyutasi hamda valyuta boyliklari bilan bogʻliq muomalalarda muayyan cheklashlarning joriy qilinishi. Valyuta cheklashlarining odatdagi koʻrinishi milliy valyutani chet el valyutasiga ayirboshlash. chet el valyutasini mamlakat hududiga olib kirish va olib chiqib ketish, banklarning valyuta operatsiyalari, banklarning vakillik hisob raqamlariga limitlar joriy etish kabilarda namoyon boʻladi. Valyuta … Читать далее