BOSHIBUZUQLAR

BOSHIBUZUQLAR — turklarning nomuntazam piyoda harbiy boʻlinmalari nomi. Usmonli turk imperiyasi hududidagi jangovar qabilalar — cherkeslar, albanlar, kurdlar va b. dan yollab olingan. Boshibuzuqlar oʻta dovyurak boʻlganlaridan shunday deb atalganlar. Xukumat ularni qurolyarogʻ, oziq-ovqat b-n taʼminlagan, lekin maosh bermagan. Boshibuzuqlar Turkiya sultonlari olib borgan urushlarda dushmanga qiron keltirib, behad dahshat solganlar. Ularning jasorati, ayniqsa, rusturk urushi (1877 — 78)da namoyon boʻlgan. Oqibat, ruslar yurak oldirib qoʻyganlaridan oʻz oralaridagi har qanday yomonlikdan qaytmas kishini «boshibuzuq» deb ataydigan boʻlganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x