BOLALAR FALAJI

BOLALAR FALAJInerv sistemasining turli zararlanishlari oqibatida roʻy beradigan va reflektorharakat faoliyatining, baʼzan ruhiyat va nutqning buzilishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Bosh miyaning spastik (iyerebral) falaji va periferik nervlar zararlanishidan kelib chiqadigan (shalviratuvchi) falajlikdan farq qiladi. Bolalar spastik falaji koʻpincha qoʻl, oyoq va tana muskullari falaji, akliy rivojlanishning sekinlashuvi, tutqanoq tutishi, giperkinez (ixtiyorsiz harakatlar paydo boʻlishi), zararlangan qoʻloyoqlarda trofik oʻzgarishlar roʻy berishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Koʻkyoʻtal, difteriya, qizamiq, fipp va b. yuqumli kasalliklar ensefalit b-n asoratlanganda spastik falaj kuzatilishi mumkin. Tugʻruq ogʻir kechganda, tugʻruq vaqtida bola kallasi shikastlanganda va b. hollarda koʻpincha spastik falaj kelib chikddi. Bolaning chala yoki boʻgʻilib tugʻilishi, miyasiga qon quyilishi oqibatida ham spastik falaj roʻi berishi mumkin. Buni birinchi boʻlib ingliz vrachi U. Litl tavsif etgani uchun Litl kasalligi deb ham yuritiladi. Bunday falaj ogʻir kechganida, bola tugʻilganda qimirlamaydi, oyoqlari bir tekis tarang turadi, maʼlum vaqtdan keyin muskullari tortishib oyoqlari chalishadi, bola oʻtira yoki yura olmaydi; borabora uning ahvoli bir oz yaxshilanishi mumkin. Falaj yengil boʻlsa, bola oʻsgani sari ahvoli yengil lashadi, kech oʻtiradi, kech yuradi, qoʻllarini tuzuk ishlata olmaydi. Muskullar oʻta tarangligi tufayli bola yurganda oyoklari chalishadi, sonlari ichkariga buralib, tizzalari bir-biriga takalib turadi, u faqat oyoq uchida mayda qadam tashlab yuradi. Bola hayajonlanganda, behosdan qattiq tovush eshitganda va b. da muskullar tortishuvi kuchayadi, ixtiyoriy harakatlar qiyinlashadi va aqliy rivojlanishi kechikadi. Bemorni faqat vrach davolaydi, kasallikning barcha shakllarida mutaxassisga oʻz vaqtida murojaat etish va uning tavsiyasiga binoan davolanish zarur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x