MILLATCHILIK

MILLATCHILIK — millat ayirish; oʻz millatining haqhuquklarini boshqa millatlar haqhuquqidan yuqori qoʻyish, oʻz ehtiyojlari va manfaatlarini oʻylab, boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik. Millatchilik milliy biqiklik, millat-parastlikka asoslanib, milliy nizo, ixtiloflarga sababchi boʻladi, jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. «Millatchilik» va «ta-jovuzkor Millatchilik» tushunchalarini farqlash lozim. Millatchilik oʻz … Читать далее

MARGANES OKSIDLARI

MARGANES OKSIDLARI — marga nesning kislorodli birikmalari. Marganes oksidlari oltita (MpO, Mp2O3, MpO2, Mp3O4, Mp2O7, Mp5O8) boʻlib, ular suvda erimaydigan kristall moddalardir. Mp2O7 bundan mustasno, u suvda eriydi. Yuqori oksidlari 500—1300° da quyi oksidlarga oʻtadi, kislorod atmosferasida 300°dan yuqorida 2 valentli oksidi toʻrt valentli oksidga aylanadi. Marganes oksidlari minerallar hamda temirmarganes rudalari tarkibiga kiradi. Monooksid, … Читать далее

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI, kimyoviy elementlar davriy sistemasi — D. I. Mendeleyevning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. Mendeleyev davriy sistemasi mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi. Mendeleyevgacha ham … Читать далее

MATERIYA

MATERIYA (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda «umuman odam» boʻlmaganidek «umuman Materiya» ham boʻlmaydi, balki Materiyaning anik, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun Materiya tushunchasini qoʻllashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu b-n … Читать далее

MEMUAR

MEMUAR (frans. memoire — xotira, esdalik) , yodnoma, esdalik — real voqeahodisalar ishtirokchisi yoki guvohining oʻtmish haqidagi xotira asari. Memuar uchun voqeaning birinchi shaxs nomidan bayon qilinishi, voqealar va faktik materiallarning koʻpligi, mu-allifning tasvir obyektiga subyektiv munosabatining oʻziga xos shaklda namoyon boʻlishi xarakterlidir. Memuarda real voqealar majmuasi, koʻpincha, siyosiy xronika, biofafik va ilmiy ahami-yatga ega … Читать далее

METAMORFOZ

METAMORFOZ (yun. metamorphosis — oʻzgarib qolish) — hayvonlarda Metamorfoz, yaʼni metaboliya — organizm tuzilishining tubdan oʻzgarishi. Metamorfoz tufayli lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi. Metamorfoz koʻpchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim baliklar (ikki xil nafas oluvchilar), suvda va qurukdikda yashovchilar uchun xos. Metamorfoz, odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin oʻzgarishi, mas, suvda hayot kechirishdan quruklikka … Читать далее

MUSKUL QISQARISHI

MUSKUL QISQARISHI — normal nerv impulsiga javoban muskulning kalta tortishi, muskullarning asosiy fiziologik xossalaridan biri. Qisqarish muskulning kaltalanishi yoki taranglanishida namoyon boʻladi. Muskul qisqarishi, odatda, biror ish bajarilishini taʼminlaydi. Muskul qisqarishida miofibrillar tarkibiga kiruvchi oqsillar: miozin va aktin ishtirok etadi. Muskul qisqarishi chogʻida har ikki oqsil oʻzaro taʼsir etib, aktomiozin kompleksini hosil qiladi. Muskul qisqarishi … Читать далее

PENETRANTLIK

PENETRANTLIK (lot. penetro — teshib kiraman, yetib olaman) — yaqin qarindosh organizm guruhlarining har xil individlarida muhit sharoitlariga bogʻliq holda maʼlum gen alleli faoliyatining namoyon boʻlish chastota-si. «Penetrantlik» termini rus olimi N. V. Timofeyev-Resovskiy (1927) tomonidan taklif etilgan. Toʻliq Penetrantlik (allel barcha individlarda oʻz faoliyatini koʻrsatadi) va toʻliqsiz Penetrantlik (allel bir guruh individlarda fa-oliyat koʻrsata … Читать далее

METALLIDLAR

METALLIDLAR, metall birikmalar, intermetall birikmalar, intermetall fazalar, oraliq fazalar — metallarning bir-biri bilan hosil qilgan birikmalari. Oraliq metallarning baʼzi bir metallmaslar (N, V, S, N, R, O va b.) b-n hosil qilgan birikmalari ham Metallidlar jumlasiga kiritiladi. Metallidlar (mas, Mg2Sn, AlSb) tarkibiga koʻra, metallarning vodorodli birikmalariga, mas, qalay (P) gidrid H2Sn va surma (III) – … Читать далее

MENDEL QONUNLARI

MENDEL QONUNLARI — irsiy belgilarning avlodlarda taqsimlanishi toʻgʻrisidagi G. Mendel yaratgan qonuniyatlar. Mendel qonunlari Mendelning oʻzi yaratgan duragay avlodlarini genetik taxlil qilish metodini qoʻllash orqali olib borilgan koʻp yillik (1856 — 63) tadqiqotlar tufayli asoslab beriddi. Mendel oʻz-oʻzidan changlanuvchi noʻxat oʻsimligining oʻrganilayotgan belgi boʻyicha irsiy toza, yaʼni genotipi gomozigotali hamda fenotipiga koʻra keskin farq qiluvchi … Читать далее