KALLAPOʻSh

KALLAPOʻSh, Koʻk kallapoʻsh — ertapishar qovun navi. Shakli sal yalpoq, uz. 15—21 sm, ogʻirligi 2,5—3,5 kg. Sirti tilim-tilim, tilimlari orasidagi yoʻllari uncha botiq emas. Rangi OK. ISH yashil, yashil xollari bor; poʻstining qattiqligi oʻrtacha. Etining qalinligi 5—5,5 sm, tigʻiz, xushtaʼm, shirin. Tarkibida 6,2—8,6% qand, shu jumladan, 2,6—5,2% saxaroza, 8,1 — 11,4% quruq modda mavjud. Urugʻlari … Читать далее

QOPLONQIR

QOPLONQIR — Qoraqum choʻlining Ungʻuzorti qismidagi qir. Turkmaniston va Oʻzbekiston hududlarida joylashgan. Qoplonqirning shim. qismi qisman Ustyurt platosiga kiradi. U shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa 200 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Eni jan.-sharqdan shim.gʻarbga kengayib (35 km gacha) boradi. Eng baland joyi 305 m. Qora-qum qismining jan.-gʻarbiy yon bagʻ-rida Goʻklenquyi (Qorashoʻr) botigʻi (shoʻrxoki) joylashgan. Qoplonqirning botiq yuzasidan koʻtarilgan … Читать далее

KAPILLYAR HODISALAR

KAPILLYAR HODISALAR – birbiriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism bilan suyuqlik) ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuchlar taʼsirida yuzaga keladigan fizik hodisalar. Mac, suyuqlik bilan idishning oʻzaro taʼsirida suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Jumladan, kapillyar (ingichka) naydagi hoʻllaydigan suyuqlik sirti botiq, hoʻllamaydigan suyuklik sirti qavariq boʻladi. Suyuqlik sirtining egrilanishi tufayli hosil boʻladigan … Читать далее

LAMBLIYALAR

LAMBLIYALAR (Lamblia), lyambliyalar — koʻp xivchinlilar turkumiga mansub xivchinlilar urugʻi. Sut emizuvchilar (odam, quyon, sichqonlar), suvda va quruqliqda yashovchilar, ayrim umurtqasiz hayvonlar ichagida parazitlik qiladi. Tanasi noksimon, 2 tomonlama simmetriyali, uz. 8—30 mkm. Botiq qorin tomonida ichak devoriga yopishadigan soʻrgʻich boʻladi. Asosan, boʻyiga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Toʻgʻri ichakka tushgan Lambliyalar qalin poʻstga oʻralib, sista … Читать далее

KOʻZOYNAK

KOʻZOYNAK — koʻzning koʻrish qobiliyatidagi nuqsonlarni tuzatish, uni mexaniq shikastlanishdan, yorugʻlik, chang va b. dan himoya qilish uchun qoʻllaniladigan oddiy optik asbob. Birinchi Koʻzoynak 13-a. da niderdandlarda ishlatilgan. Koʻzoynak linza (oynak) va gardishdan iborat. Bosh fokusining holatiga qarab oynak yoki linza yigʻuvchi (qanariq) va sochuvchi (botiq) xillarga boʻlinadi. Koʻzoynakda ishlatiladigan linzalar sferik sirtining botiklik yoki … Читать далее

KOʻZGU

KOʻZGU — yorugʻlikni tekis qaytaruvchi yupqa (alyuminiy, kumush va b.) kat-lam bilan qoplangan silliq sirtli shisha yoki metall jism. Sirtidagi notekisliklar bir necha mikrondan oshmaydigan darajada silliqlangan boʻladi. Koʻzgularni tayyorlashda toʻlqinlarning qaytarish koeffiiiyenti yuqori boʻlishiga erishish uchun silliqlangan sirt qalinligi 0,1+ 0,3 mmk boʻlgan yupqa metall (Ag, A1 va b.) qatlam bilan qoplanadi. Silliq alyuminiy … Читать далее

KOʻKAYOZ BOTIGʻI

KOʻKAYOZ BOTIGʻI — Qizilqumning shim. (Navoiy viloyati)dagi botiq. Shim.gʻarbdan jan.-sharqga yoʻnalgan. Oʻz. 18— 20 km, enioʻrtacha 2—3 km. Bal. 160 — 180 m. K. b. shimolida qumli balandlik (225 m) joylashgan, jan. kumli tekislikdan iborat. Shim. yon bagʻri tikroq va zinapoyasimon pasayib boradi, koʻplab quruq soylar bilan parchalangan. Jan. yon bagʻri ancha yotiq (10°) va … Читать далее

GUL

GUL (flos) — yopiq urugʻli oʻsimliklar (q. Gulli oʻsimliklar)ning generativ (jinsiy urchish) organi. Gul oʻsishi cheklangan, shaqli oʻzgargan novda hisoblanadi Gul gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urugʻchidan tashkil topgan. Kosachabarglar — G. ning sirtida — birinchi qatorda joylashadi bargchalardan iborat. Kosachabarglar, odatda, yashil, oʻsimlik turiga qarab soni har xil boʻladi. Baʼzi oʻsimliklarda (marmarak, rayhon, noʻxat … Читать далее

BAYIR

BAYIR, Boyir — qumli choʻllarda shamol taʼsirida paydo boʻlgan botiq joylar. Bayirda kichik chuqurliklar bilan birga qator qum tepalari ham boʻladi. Qrimda, Turkmanistonda togʻ oldi balandliklari Bayir deb yuritiladi. Ustyurt va Manqishloqda usti yassi tepa, qirlar ham Bayir deyiladi. Пост Навигацияси

BESHKENT BOTIGʻI

BESHKENT BOTIGʻI — Qashqadaryo viloyatidagi botiq. Gʻarbdan Buxoro va Chorjoʻy tektonik pogʻonalari va sharqdan Hisor togʻining jan. gʻarbiy tarmoklari bilan chegaralangan. Jan. gʻarbi Amudaryo uzilmasi, shim. sharqi Qashqadaryo sinklinali bilan tutashgan. Uz. 160 km, paleozoy zaminining chuq. 4000 — 6000 m. B. b. ning jan. gʻarbida (gʻarbdan sharqqa) Xoʻjambas, Dugʻoba antiklinal zonalari va shim. sharqida … Читать далее