BESHKENT BOTIGʻI

BESHKENT BOTIGʻIQashqadaryo viloyatidagi botiq. Gʻarbdan Buxoro va Chorjoʻy tektonik pogʻonalari va sharqdan Hisor togʻining jan. gʻarbiy tarmoklari bilan chegaralangan. Jan. gʻarbi Amudaryo uzilmasi, shim. sharqi Qashqadaryo sinklinali bilan tutashgan. Uz. 160 km, paleozoy zaminining chuq. 4000 — 6000 m. B. b. ning jan. gʻarbida (gʻarbdan sharqqa) Xoʻjambas, Dugʻoba antiklinal zonalari va shim. sharqida Alovuddin koʻtarilmalari joylashgan. Burmalar shim. gʻarbga tomon pasaya boradi. Beshkent botigʻining gʻarbidagi mezokaynozoy yotqiziqlarida bir qancha katta antiklinal bukilmalar (Ayzovot, Qamashi, Shim. Qamashi) yotadi. Har qaysisining uz. 20—25 km, bal. 200—250 m. B. b. ning bir necha antiklinal bukilmalarida gaz konlari topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x