KOʻKAYOZ BOTIGʻI

KOʻKAYOZ BOTIGʻI — Qizilqumning shim. (Navoiy viloyati)dagi botiq. Shim.gʻarbdan jan.-sharqga yoʻnalgan. Oʻz. 18— 20 km, enioʻrtacha 2—3 km. Bal. 160 — 180 m. K. b. shimolida qumli balandlik (225 m) joylashgan, jan. kumli tekislikdan iborat. Shim. yon bagʻri tikroq va zinapoyasimon pasayib boradi, koʻplab quruq soylar bilan parchalangan. Jan. yon bagʻri ancha yotiq (10°) va tekislikka tutashgan. Botiqning tubi shoʻrxok bilan band. Shim. yon bagʻrida boʻr davri yotqiziklari yuzasi ochilib qolgan. Ular gipsli gil, mergel, alevrit, qumlardan iborat. Shoʻrxok qismining chekkalarini bir yillik shoʻralar, qora saksovul, yulgʻun egallagan. Qumli va choʻl tuproqlarda iloq, qoʻngʻirbosh, oq saksovul, joʻzgʻun tarqalgan. Koʻkayoz botigʻining gʻarbida Koʻkayoz qishlogʻi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x