VAHDATI VUJUD

VAHDATI VUJUD (arab. – jismoniy birlik) — abadiy yagona Allohgina bor deb hisoblovchi panteistik (q. Panteizm) taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, jismoniy olam, predmetlar dunyosi haqiqiy emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, shulasidir. Vahdati vujud namoyandalari (Ibn Arabiy, Muhammad Gʻazoliy va b.) xudo butun borliqni yaratib turadi, deb hisoblaganlar. Vahdati vujud ayniqsa 17—19-a. larda Hindiston va Turkistonda tasavvufning keng tarqalishiga sabab boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x