BUXORO MINIATYURA MAKTABI

BUXORO MINIATYURA MAKTABIOʻzbekiston miniatyura sanʼatidagi oʻziga xos yoʻnalish. Oʻrta asrlar (16 — 17-a. lar)da Buxoroda shakllangan. Buxoro miniatyura maktabining rivojlanish davri Buxoroda Shayboniyxonlar (16-a.), Ashtarxoniylar (17-a.) hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Hirot miniatyura maktabi taʼsirida rivojlangan Buxoro miniatyura maktabi dastlab Buxoroga kelgan Hirot miniatyura maktabi vakillarining ijodi bilan bogʻliq boʻlgan va mahalliy badiiy anʼanalar taʼsirida shakllanayotgan mustaqil uslubni aks ettirgan oqimlar koʻrinishida boʻlib, 1550-y. lar oʻrtalaridan mustaqil rivojlangan. Umumlashtirish, shaklning ixchamligi, kiyim va bezaklarning aniq hamda yirik ishlanishi, boʻshliqning bir tekis tuzilishi, meʼmoriy tasvir va zaminning soddalashtirilishi kabi xususiyatlarga ega boʻlgan. Umumiy ranglar yorqin, tiniq (toʻq sariq va qora ranglar ustunligi seziladi), rasmlar uchun yaratuvchanlik, tantanavorlik ruhi xos boʻlgan. Rasmlarda qabul sahnalari, tabiat ogʻushidagi uchrashuvlar, maishiy manzaralar, saroy hayotidan olingan axloqiy lavhalar va b. mavzular keng oʻrin olgan; koʻchmanchi hayot koʻrinishlari, mahalliy etnik turlar ham uchraydi. 16a. oxiridan tasviriy sanʼatda mavjud anʼanaviy, rasmiy dabdabali yoʻnalish b-n bir qatorda demokratik mavzular shakllandi va mustahkamlandi, shahar hayotidan olingan janrli lavhalar, hunarmandlik mavzularining soni koʻpaydi. Buxoro miniatyura maktabining yirik vakillari: Mahmud Muzahhib, Shayxzoda, Abdulla Musavvir (16-a.); Muhammad Sharif, Muhammad Muqim, Avaz Muhammad, Muhammadamin, Farhod, Mulla Behzod, Xoʻja Gadoy (17-a.) va b. 16-a. oxiri va 17-a. boshlarida Movarounnahrning qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi tufayli Buxoro miniatyura maktabi vakillari asarlarida Hindiston va Eron tasviriy sanʼatining taʼsiri oʻz ifodasini topgan. Bu maktab vakillari tomonidzn Saʼdiyning B«oʻston» (157576), Jomiyyaning T«uhfat ulahror» (16-a. ning 70-y. lari), Dehlaviynint «Tarixi Xizrxon» (1579), Nizomiyning «Xamsa» (1648, hammasi SanktPeterburgdagi SaltikovShchedrin nomidagi kutubxonada), Firdavsiyning «Shohnoma» (1664, OʻzR FA Sharqshunoslik in-tida) asarlari, shuningdek tarixiy, diniy asarlar badiiy bezatilgan. Kitoblarni bu tarzda bezash keyingi davrlarda ham davom etdi, mas, Ahmad Donish, Abdulxoliq Maxdum va b. 20-a. 20-y. larida Buxoro miniatyura maktabi anʼanalari usta Nabi Hafizov (plakatlar ishlagan), S. Pochayev ijodida davom ettirildi.

Ad.: Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Vыdayuщiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana, T., 1960; Sredneaziatskiye miniatyurы 16—18 vv., M., 1964; Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Ocherki iskusstva Sredney Azii, M., 1982.

Elʼmira Ismoilova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x