BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее

BO SZYUYI

BO SZYUYI (772-846) xitoy shoiri. Oʻz davri tuzumi tartibotlarini tanqid qilgani uchun taʼqib qilingan. 3 mingga yaqin sheʼr yozgan. Xalqorasida mashhur boʻlgan. Bo Szyuyi lirik sheʼrlarida hayot quvonchlari, insonga boʻlgan samimiy muhabbat oʻz aksini topgan. «Mangu sogʻinch haqida qoʻshiq», «Ud» («Arfa») poemalari bor. 10 sheʼrdan iborat «Sin naqoratlari», 50 sheʼrdan iborat «Yangi xalq qoʻshiqlari» tuplamlarida … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

BERKSHIR CHOʻCHQA ZOTI

BERKSHIR CHOʻCHQA ZOTI — Angliyaning Berkshir grafligida 18-a. oxirida mahallin choʻchqa zotini Neapol, portugal, xitoy choʻchqa zotlari bilan chatishtirish natijasida yetishtirilgan. Goʻsht va yogi (sala) uchun boqiladi. Tana tuzilishining yirikligi va tez yetilishi b-n boshqa zotlardan ajralib turadi. Voyaga yetgan erkagining vazni 220 — 250 kg. Ona choʻchqalarning vazni 180 — 200 kg. Har gal … Читать далее

VABO

VABO (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. Vabo dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma … Читать далее

VYETNAM

VYETNAM, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam) , BCP – Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. dagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Axoliyey 76,3 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sh. … Читать далее

VARRAK

VARRAK — shamolda uchiriladigan oʻyinchoq. Sirtiga shamol bosimi taʼsir etishi natijasida havoga koʻtariladi. Asosiy qismlari: qamishlarga tarang tortilgan mato yoki xitoy qogʻoz (aerodinamik sirt), chillakka (gʻaltakka) oʻralgan ip, Varrakni ipga ulaydigan nizomlar, Varrakni osmonda muallaq tutib turadigan shokildalar yoki dum. V. lar turli shakllarda yasaladi. Shakliga koʻra, Varrak besh qamishli (oddiy), ikki qamishli (laylaki), sirtlarining … Читать далее

VAN VEY

VAN VEY, Mo-sze (699 yoki 701, Tayyuan — 759 yoki 761, Sian) — xitoy rassomi, shoir. Xitoy monoxrom (bir rangda ishlanadigan) manzara rassomligi asoschisi. Shoyi mato, devorga rasmlar ishlagan, bunda tushning rang tuslari, shaffoflik imkoniyatidan, chizgi chiziqlardan foydalangan. Goʻzal manzaralarida tabiatning koʻtarinki umumlashma obrazlarini yaratgan. Asarlari («Qor ostidagi dars», «Szinanlik Fu Shen», «Qor yogʻganidan soʻng») … Читать далее

BAKTERIOLOGIK QUROL

BAKTERIOLOGIK QUROL, biologik qurol — odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchi, sunʼiy koʻpaytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirgʻin vositasi. Bakteriologik qurol asosan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar (bakteriya, virus, zamburugʻ va b.) yuqtirilgan pashsha, chivin, kemiruvchi hayvonlardan yoki suspenziya va kukunlardan iborat. Chet el harbiy mutaxassislari odamlarga shikast yetkazadigan bakterial vositalarga toun, chin chechak, kuydirgi, tulyaremiya, manqa, … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее