BERKSHIR CHOʻCHQA ZOTI

BERKSHIR CHOʻCHQA ZOTI — Angliyaning Berkshir grafligida 18-a. oxirida mahallin choʻchqa zotini Neapol, portugal, xitoy choʻchqa zotlari bilan chatishtirish natijasida yetishtirilgan. Goʻsht va yogi (sala) uchun boqiladi. Tana tuzilishining yirikligi va tez yetilishi b-n boshqa zotlardan ajralib turadi. Voyaga yetgan erkagining vazni 220 — 250 kg. Ona choʻchqalarning vazni 180 — 200 kg. Har gal 8—9, ayrimlari 10—13 bola tugʻadi. Yaylovda boqishga moslashgan. Berkshir choʻchqa zoti jahondagi koʻpgina mamlakatlarga tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x