YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YOʻLLUGʻ TEGIN

YOʻLLUGʻ TEGIN (7-a. oxiri – 739) — Turk xoqonligi xoqoni (734—739), ilk turkiy tarixchi, yozuvchi va shoirlardan biri. Bilga xoqonnknt vafotidan soʻng oʻzini Ijan xoqon deb atagan. Tan imperiyasiga (Xitoy) 3-marta elchilar yuborgan. Uning davrida davlatda barqarorlik vatinchlikxukm surgan. Kultegin (732), Bilga xoqon bitiklari (735) ning muallifi boʻlgan. Ushbu bitiklar jahon adabiyotchilari tomonidan yuksak baholangan, … Читать далее

GʻARBIY KOREYa QOʻLTIGʻI

GʻARBIY KOREYa QOʻLTIGʻI — sariq dengizdagi qoʻltiq, Koreya va Xitoy qirgʻoqlari yaqinida. Chuq. 50 m gacha, qirgʻoqqa yaqin qismlari sayoz. Qoyatoshli orollar bor. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (bal. 10 m gacha). Asosiy portlari; Nampxo, siniyju (KXDR), Dandun, Dalyan va Lyuyshun (Xitoy). Пост Навигацияси

GʻURAK

GʻURAK, Gurek (7-a. oxiri — taxm. 737) — Sugʻd ixshidi (podshosi) (710—737) va arablarga qarshi koʻta-rilgan qoʻzgʻolon rahbari. Tarxunsh birodari. Qutayba ibn Muslim ra. h-barligidagi arab qoʻshini bilan Katta-qoʻrgʻon yaqinidagi Arbinjon mavzeida shiddatli jang qilgan (712). Sugʻdiylar Samarqandga chekinishga majbur boʻlishgan. Gʻurak Shosh podshosi, turklar xoqoni va Fargʻona ixshidiga elchilar yuborib, yordam soʻragan. Ammo Qutayba … Читать далее

VALIXONOV Choʻqon Chingizovich

VALIXONOV Choʻqon Chingizovich (asl ismi Muhammad Xanafiya) (1835, Qushmurun mavzesi, hoz. Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyati — 1865. ? 10, Oltinamal mavzesi, hoz. Qozogʻiston-ning Toldiqoʻrgʻon viloyati) — maʼrifatparvar-demokrat, tarixchi, etnograf va folklorshunos. Ablayxonning nabirasi xonadonida tugʻilgan. 1853-y. Omsk kadetlar korpusini tugatgach, Gʻarbiy Sibir gubernatorligida xizmat qilgan. Turkiston va Xitoyga qilingan bir qator ekspeditsiyalarda qatnashgan. 1858-y. musulmon savdogari … Читать далее

BAKBO QOʻLTIGʻI

BAKBO QOʻLTIGʻI (Tonkiy qoʻltigʻi) — Jan. Xitoy dengizidagi qoʻltiq, Xitoy va Vyetnam qirgʻoqlariga tutash, ochiq dengizdan Leychjou ya. o. va Xaynan o. orqali ajralgan. Uz. 330 km, kengligi 241 km. Chuq. 40 — 82 m. Suv koʻtarilishi sutkalik (5,9 m gacha). Xayfon porti joylashgan. Пост Навигацияси

BRUNEY

BRUNEY, BruneyDorussalom (Brunei Darussalam) — Jan. sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan o. ning shim. da joylashgan. Mayd. 5,8 mingkm2, aholisi 300 ming kishi (1996). Poytaxti — BandarSeriBegavan sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-y. 29 sent. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — sulton. Mamlakatdagi … Читать далее

BOSMILLAR

BOSMILLAR, basmillar (xitoy manbalarida boʻma, bila, xe la — ola, chavkar ot degani) — toʻqqiz oʻgʻuz qabilalaridan biri. Xitoy manbalarida dastlab Suy xoqonligi (581—618) davrida tilga olinadi. B. Beshbaaiq sh. ning jan. dan to Baykalgacha boʻlgan hududda yashashgan. Xitoy manbalarida Bosmillar atamasi ularning otlari chavkar boʻlganligidan olingan deyiladi. Bosmillar asosan chorvachilik, ovchilik va qisman dehqonchilik … Читать далее

BRAHMAPUTRA

BRAHMAPUTRA, Bramaputra Jan. Osiyoda, Xitoy (Tibetdagi nomi Sangpo) , Hindiston va Bangladeshdagi daryo. Uz. 2900 km, havzasining mayd. 935 ming km2. Tibet togʻligining jan. sharqida, 4800 m ga yaqin balandlikda Ladakh tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Jan. Tibetdagi kenglik boʻylab choʻzilgan chuqur tektonik choʻkmadan oqib oʻtadi. Soʻngra jan. ga keskin burilib, Himolay va Hindixitoy togʻlari orasidagi ulkan … Читать далее

VEY CHJEN

VEY CHJEN (580-643) – Xitoy tarixchisi. Xitoy imperatorlarining Suy sulolasi (581—618) tarixiga oid «Suy shu» («Suy xonadonining tarixi») nomli asar (85 bobdan iborat) yozgan (Yan Shigu va Kxun Inda bilan birgalikda). Unda imperatorning iktisodiy siyosati, armiyaning tuzilishi, mamlakatning moddiy ahvoli, xalqning urf-odati haqida maʼlumotlar keltirilgan, shuningdek 83 – bobida Markaziy Osiyo (hoz. Jan. Qirgʻiziston, Pomir, … Читать далее