VAN VEY

VAN VEY, Mo-sze (699 yoki 701, Tayyuan — 759 yoki 761, Sian) — xitoy rassomi, shoir. Xitoy monoxrom (bir rangda ishlanadigan) manzara rassomligi asoschisi. Shoyi mato, devorga rasmlar ishlagan, bunda tushning rang tuslari, shaffoflik imkoniyatidan, chizgi chiziqlardan foydalangan. Goʻzal manzaralarida tabiatning koʻtarinki umumlashma obrazlarini yaratgan. Asarlari («Qor ostidagi dars», «Szinanlik Fu Shen», «Qor yogʻganidan soʻng») nusxalarda saklangan. Sheʼrlarida ham tabiatning nozik boʻyoq va tuslarini aks ettirgan. Ijtimoiy mazmundagi sheʼrlarida ideal davlat haqidagi orzu-oʻylari tarannum etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x