UGARIT TILI

UGARIT TILI — ulik som tillaridan biri. Mil. av. 23—13a. larda Oʻrta dengizning shim. sharqiy sohilida joylashgan Ugarit davlatida, ehtimol, Shim. Suriyada va undan kengroq hududda tarqalgan. Fonetika va morfologiya sohalarida boshqa som tillari bilan oʻxshash va farkli tomonlari bor. Mas, o oʻrnida a ishlatish (alashish), qad. undoshlar tarkibining saqlanganligi, ot va feʼllarda flektiv oʻzgarishlarning … Читать далее

UBAYDULLAYEVA Raʼno Axatovna

UBAYDULLAYEVA Raʼno Axatovna (1936.4.11, Toshkent) — iqtisodchi olima, Oʻzbekiston FA akad. (2000), iqtisod fanlari d-ri (1976), prof. (1981). Toshkent moliya-iqtisod in-tini tugatgan (1958). Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot intida laborant (1958 — 60), aspirant (1960—63), kichik ilmiy xodim (1963— 64), katta ilmiy xodim (1964—66), boʻlim boshligʻi (1967—78; 1992—93), direktor oʻrinbosari (1978 — 90) boʻlib ishlagan. 1993 — … Читать далее

UELLER

UELLER (Weller) Tomas Xakl (1915. 15.6 — AinArbor, Michigan shtati) — amerikalik vrachvirusolog. Amerika Fan va sanʼat akademiyasi, AQSH milliy FA aʼzosi (1964). Michigan un-tini tugatgan (1936), fan d-ri (1940). Bostondagi Garvard tibbiyot maktabida, bolalar kasalxonasida, Pediatriya markazida (1936—47), Garvard sogʻliqni saqlash maktabida ishlagan. 1954-y. dan tropik tibbiyot boʻlimi boshligʻi va prof.). Ilmiy faoliyati parazitologiya, … Читать далее

UCHQIR GAZ KONI

UCHQIR GAZ KONI — Buxoro viloyati Jondor tumanidagi kon, Gazli sh. dan 40 km gʻarbda. 1960-y. da ochilgan, 1968-y. da foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi choʻl tekisligidan iborat. Uchqir gaz koni Uchqir strukturasi — shim. garbiy yoʻnalishda choʻzilgan braxiantiklinalda joylashgan. Strukturaning geologik tuzilishi uning yakinidan oʻtgan Buxoro yorigi taʼsirida murakkablashgan. Yuqori boʻr davrining senon yarusi gil … Читать далее

UCHKOʻPRIK TUMANI

UCHKOʻPRIK TUMANI — Fargʻoia viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1962-y. 24 dek. da Bagʻdod tumani bilan qoʻshib yuborildi. 1964-y. 31 dek. da qayta tuziddi. Sharqsan Bagʻdod, Buvayda, shim. va gʻarbdan Dangʻara, Qoʻqon sh., gʻarb va jan. gʻarbdan Oʻzbekiston jan. sharkdan Rishton tumanlari bilan chegaradosh. 0,28 ming km2. Axolisi 164 ming kishi (2004). … Читать далее

UXUANLAR

UXUANLAR — qadimda Mongoliyaning sharqida yashagan va xitoy manbalarida dun xu deb atalgan xalqning bir kismi. Mil. av. 3a. ning boshlarida hundar Uxuanlarni oʻziga boʻysundirib Uxun togʻi yon bagʻriga koʻchirtirganlar. Shundan boshlab ular uxuan deb atala boshlagan. Mil. av. 119-y. Xan imperiyasi qoʻshinlari hunlar bilan urushganda, xitoylar hunlarga qarshi kurashda ulardan foydalanish uchun Uxuanlarni sharq … Читать далее

UTREXT UNIVERSITETI

UTREXT UNIVERSITETI — Niderlandiyadagi qad. va yirik untlardan biri. 1636-y. Utrext sh. da tashkil etilgan. 1815-y. qirollik un-ti, 1961-y. davlat un-ti maqomini olgan. Huquq, tibbiyot, veterinariya, tabiiy fanlar, mat., teologiya, gumanitar fanlar buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1581-y. tashkil etilgan)da 1 mln. ga yaqin asar saklanadi. Untda 20 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Пост Навигацияси

UST-OʻRDA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI

UST-OʻRDA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI — RF Irkutsk viloyati tarkibidagi okrug. 1937-y. 26 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 22,4 ming km2. Aholisi 135,3 ming kishi (2002). Aholisining koʻpchilik qismi ruslar (56%) va buryatlar (36%), shuningdek, tatar, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Markazi — UstOrdinskiy shaharchasi. Tarkibida 6 maʼmuriy tuman, 4 shaharcha bor. Muxtor okrug … Читать далее

USTAV

USTAV (rus.) — muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, korxona, tashkilot va sh. k. ning tuzilishi, vazifasini yoʻnaltirib turadigan asosiy qonunqoidalar majmui (mas, siyosiy partiya, kasaba uyushmasi, temir yoʻl, daryo transporti, bank U. lari va h. k.). Harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qurolli kuchlar U. i bilan tartibga solinadi. Ustav yuridik shaxslarning asosiy … Читать далее

USOMA ibn MUNQIZ

USOMA ibn MUNQIZ (1095.24.6, Shayzar sh. chasi, Suriya shim. — 1188, Damashq) — arab yozuvchisi, tarixchi, sarkarda. Turli xrkim va amirlarning xizmatida boʻlib, hayotining koʻp kismi jangu jadallar, sarguzashtlarda kechgan. Usoma ibn munqiz M. ning «Kitob ulmavoqif valmasokin» («Manzillar va maskanlar kitobi», 1182) esdaliklari mashhur. Ushbu kitobning yagona qoʻlyozmasi 1880-y. da Eskurial (Ispaniya) kutubxonasidan topilgan. … Читать далее