UCHQIR GAZ KONI

UCHQIR GAZ KONIBuxoro viloyati Jondor tumanidagi kon, Gazli sh. dan 40 km gʻarbda. 1960-y. da ochilgan, 1968-y. da foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi choʻl tekisligidan iborat. Uchqir gaz koni Uchqir strukturasi — shim. garbiy yoʻnalishda choʻzilgan braxiantiklinalda joylashgan. Strukturaning geologik tuzilishi uning yakinidan oʻtgan Buxoro yorigi taʼsirida murakkablashgan. Yuqori boʻr davrining senon yarusi gil qatlamlarining tagidagi burma gumbazi ikkita: shim. gʻarbiy va jan. sharqiy qubbalardan tarkib topgan. Ikkala qubbadagi gaz uyumlarining tashqi gazlilik tuzilishida chegarasi umumiy. Uchqir gaz koni koʻp qatlamli boʻlib, uning geologik tuzilishida paleozoy, mezozoy va kaynozoy jinslari mavjud. Gaz uyumlari quyi boʻr va yuqori yura davri yotqiziqlarida ajratilgan gorizontlarda topilgan. Gaz uyumida neft xoshiyasi mavjud. Uyumlar oʻlchami moye holda 25×11 km, bal. PO m va 14,5×7 km, bal. 28,0 m. Uyumlari qatlamli, gumbazsimon, 1530— 1660 m va 1680—1770 m chuqurlikda ochilgan. Gazlilik may. 1630 ming m2. Gorizontlar kumli alevrolit, zich ohaktosh; dolomit, gil, alevrolit va qumtoshlar b-n qavatlangan ohaktoshlardan tarkib topgan. Ularning umumiy qalinligi 10—25 m. Uyumlar qatlamli, gumbazsimon, oʻlchami moye holda 17×5 km, bal. 46 m; 6,5X3,2 km, bal. 15 m va 22x 14 km, bal. 46 m. Hamma gorizontlardagi qatlam suvlari yuqori darajada minerallashgan boʻlib, namakob turiga mansub. Kimyoviy tarkibiga koʻra, xlorkalsiyli. Mikrokomponentlardan: yod, brom, bor uchraydi. Kondan hoz. kunda foydalanilmokda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x