UELLER

UELLER (Weller) Tomas Xakl (1915. 15.6 — AinArbor, Michigan shtati) — amerikalik vrachvirusolog. Amerika Fan va sanʼat akademiyasi, AQSH milliy FA aʼzosi (1964). Michigan un-tini tugatgan (1936), fan d-ri (1940). Bostondagi Garvard tibbiyot maktabida, bolalar kasalxonasida, Pediatriya markazida (1936—47), Garvard sogʻliqni saqlash maktabida ishlagan. 1954-y. dan tropik tibbiyot boʻlimi boshligʻi va prof.). Ilmiy faoliyati parazitologiya, tropik tibbiyot, bakteriologiya, suvchechak, uchuq, sitomegaliya, poliomiyelit viruslari kulturasiga oid.

F. Robbins va J. Enders bilan hamkorlikda poliomiyelit virusi neyrotrop emasligini va viruslar yetishtirishda hujayralar kulturasi usulini ishlab chiqqan, bu virusologiyaning tez rivojlanishiga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1954; F. Robbins va J. Enders bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x