UST-OʻRDA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI

UST-OʻRDA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI — RF Irkutsk viloyati tarkibidagi okrug. 1937-y. 26 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 22,4 ming km2. Aholisi 135,3 ming kishi (2002). Aholisining koʻpchilik qismi ruslar (56%) va buryatlar (36%), shuningdek, tatar, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Markazi — UstOrdinskiy shaharchasi. Tarkibida 6 maʼmuriy tuman, 4 shaharcha bor.

Muxtor okrug Oʻrta Sibir yassitogʻligining jan. qismida, Baykal qoʻlining gʻarbida, LenaAngara platosi doirasida joylashgan. Oʻrtacha bal. 1000 m. Yer yuzasi dare vodiylari bilan oʻyilgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir (Irkutsk havzasining shim. chekkasi), gips (Unga daryosi vodiysida) qurilish materiallari (ohaktosh, gil va b.). Iqlimi keskin kontinental. Qishi kam qorli, sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —22°, iyulniki 17°. Yiliga 300 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 110—125 kun. Yirik daryolari — Angara va uning irmoklari. Chekka shim. sharkida Lena havzasiga mansub daryolar bor. Hududining katta kismida chimlikarbonatli ishqorsizlangan va kuchsiz podzollashgan tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklari oʻrmonli dasht zonasiga xos. Keng bargli daraxtlardan qayin va togʻterak uchraydi. Oʻrmonlarda har xil hayvonlar yashaydi (rosomaxa, tulki, kolonok, oʻrmon sassiqkoʻzani, kemiruvchilardan tiyin, burunduk va b. ; kush turi koʻp).

Xoʻjaligida yetakchi tarmoklar: konchilik (koʻmir qazib olish), oʻrmonchilik («Baytog» oʻrmonchilik xoʻjaligi), yogʻochsozlik, oziq-ovqat (yogʻ va pishloq i. ch.) sanoatlari. Asosiy sanoat markazi — UstOrdinskiy shaharchasi. Okrug Baykalboʻyining asosiy q. x. r-nlaridan biri. Chorvachiligi goʻshtsut va jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoʻy, choʻchka, yilqi boqiladi. Bugʻdoy, suli, arpa, shuningdek, kartoshka, sabzavot ekiladi. Muxtor okrug jan. gʻarbidan TransSibir magistrali (30 km) oʻtgan. Angara daryosida kema qatnaydi. Avtomobil yoʻli uz. 2194 km (2002). Aeroport, ped. bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi bor. 1 sanatoriykurort muassasasi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x