UMAVIYLAR MASJIDI

UMAVIYLAR MASJIDI, Katta masjid — Suriya (Damashq)dagi oʻrta asr arab yirik meʼmoriy yodgorligi. AlValid hukmronligi davrida Yupiter ibodatxonasi masjidga moslashtirilib qayta qurilgan (705—715). Umaviylar masjidi koʻp ustunli jozibador shaklda boʻlib, meʼmoriy bezakka ega dastlabki yodgorliklardan. Masjid keng maydon (385×305) oʻrtasida joylashgan, atrofini bozorlar egallagan. Hovli sahnining 4 burchagiga minora oʻrnatilgan (ulardan faqat shim. sharqiy qismidagisi … Читать далее

ULSKIY OVULI

ULSKIY OVULI (hoz. RFning Adigeya Respublikasi Ulyap Shovgenov r-ni) — qad. mozorqoʻrgʻonlarda topilgan ovul. 1898, 1908—10 y. larda N. I. Veselovskiy tomonidan 10 ta mozorqoʻrgʻon ochilgan. Ulardan eng qad. si mil. av. 6-a. ga oid. Qabrlar talontoroj qilingan. Dafn vaqtida mayyit b-n birga qoʻshib koʻmilgan otlar va ayrim buyumlargina saklangan. Eng katta mozorqoʻrgʻondan (bal. 15 … Читать далее

ULUGʻ TURKISTON

«ULUGʻ TURKISTON» — Toshkent sh. da tashkil topgan ziyolilarning «Ittifoq» jamiyatining nashr organi. 1917-y. 25 apr. dan Toshkent sh. da chika boshlagan. Gaz. ga Sodiq Abdusattorov, Kabir Bakirov, P. Domogatskiy muharrirlik qilgan. «Ulugʻ Turkiston» dastlab (41 soniga qadar) «Turkestanskiye vedomosti» matbaasida, keyinchalik «Umid» matbaasida chop etilgan (jami 155 soni chiqqan). 137 sonidan boshlab gaz. ning … Читать далее

ULAN-UDE

ULAN-UDE (1934-y. gacha — Verxneudinsk) — RF Buryatiya Respublikasi gyuytaxti. Selenga daryosi oʻng sohilida. TransSibir t. y. magistralidagi muhim t. y. chorrahasi. Selenga daryosidagi pristan. Aholisi 359,4 ming kishi (2002). 1666-y. da kazaklarning Udinskoye qishlov joyi sifatida vujudga kelgan. 1689-y. dan Verxneudinsk qalʼasi, uning atrofida shahar shakllandi. 17-a. da Zabaykalye hududining maʼmuriy va harbiy markazi. … Читать далее

UKIYOE

UKIYOE (yaponcha, aynan — tez oqar dunyo obrazlari) — 17 — 19-a. larda yapon rangtasviri va grafikasida shakllangan badiiy maktab; shahar hayotining oʻsishi b-n bogʻliq holda yuzaga kelgan; sanʼatda demokratik anʼanalarni aks ettirgan. Rangtasvir ustalari va grafik rassomlar orasida «bidzinga» («goʻzallarni tasvirlash») hamda bu janrga yaqin «yakusyae» («aktyorlarni tasvirlash») janri keng tarqaldi. Ularning qaxramonlari qiyofalarining … Читать далее

UYGARAK

UYGARAK — saklarning mozorqoʻrgʻoni (mil. av. 7—5-a. lar). Sirdaryoning qad. irmogʻi Inkardaryo boʻyida (Qozogʻiston) joylashgan. 1961—63, 1965-y. larda 80 ta mozorqoʻrgʻon (diametri 10—14 m, bal. 0,4—2 m)dan 70 tasi oʻrganilgan. Mozorqoʻrgʻonning bal. 20 m, uz. 2 km dan iborat. Uygarak dagi qabrlarning asosiy qismiga jasadlar yakka koʻmilgan. 3 ta juft xrlda va bitta — jamoa … Читать далее

UZUNTOVONLILAR

UZUNTOVONLILAR (Tarsiidae) chalamaymunlar oilasi. Bitga urugʻi, 3 turi: Filippin U. i, gʻarbiy Uzuntovonlilar, sharq U. i bor. Dumi (uz. 13—27 sm) junsiz. Ayrim anatomik belgilariga kura maymunlarga oʻxshaydi. Boshi katta, 180° gacha burilishi mumkin. Koʻzlari juda katta, sargʻish. Orqa oyoklari oldingisiga nisbatan uzunroq. Tovon suyagi uzun (nomi shundan). Barmoqlari uzun, uchki qismida yostiqchasi bor. Malayya … Читать далее

UZOQNI OʻLCHAGICH

UZOQNI OʻLCHAGICH — bir obyekt (punkt) bilan ikkinchi obyekt (punkt) orasidagi masofani oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ish tamoyiliga koʻra, geometrik va fizikaviy turlarga boʻlinadi. Geometrik Uzoqni oʻlchagichda oʻlchash teng yonli uchburchak (ABC) ning balandligi (I) ni oʻlchashga asoslanadi. Buning uchun uchburchakning AV tomoni (baza) uzunligi (/), shu tomon qarshisida yotgan burchak (rh radian) maʼlum boʻlishi … Читать далее

UZZOL

UZZOL (arab. — pastga sakrash, tushish) — Oʻn ikki maqom va Shashmakom tarkibida maʼlum shoʻba nomi. Unda kuy harakatida 4 — 5 pogona pastga qoʻqqisdan sakrash (tushish) roʻy beradi. Uzzolning dastlabki kuy tuzilishi haqida maʼlumot yoʻq. Musiqa risolalarida uning kvinta diapazonidagi tovush qatorigina keltirilgan. Shashmaqomda Buzruk maqomining birinchi guruh shoʻbalari orasida «Talqini Uzzol», «Nasri Uzzol» … Читать далее

UDALOV Aleksandr Andreyevich

UDALOV Aleksandr Andreyevich [1914.21.9, Simbirsk (xoz. Ulyanovsk sh)] — RUS yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1974). 1920-y. dan Toshkentda yashagan. 2jaxrn urushi qatnashchisi (1943— 46). «Literaturnыy Uzbekistan» (1937 — 40), «Zvezda Vostoka» (196065; 196769; 197185) jur,larida hamda «Komsomoles Uzbekistana» (1941—43) gaz. da bosh muharrir, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953—56), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari (1956—75). … Читать далее