UCHKOʻPRIK TUMANI

UCHKOʻPRIK TUMANI — Fargʻoia viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1962-y. 24 dek. da Bagʻdod tumani bilan qoʻshib yuborildi. 1964-y. 31 dek. da qayta tuziddi. Sharqsan Bagʻdod, Buvayda, shim. va gʻarbdan Dangʻara, Qoʻqon sh., gʻarb va jan. gʻarbdan Oʻzbekiston jan. sharkdan Rishton tumanlari bilan chegaradosh. 0,28 ming km2. Axolisi 164 ming kishi (2004). Tumanda 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Kenagas, Mehnatobod, Navroʻz, Poloxon, Sariqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chorbogʻ, Yangiqishloq, Gʻozigʻijdon) bor. Markazi — Uchkoʻprik qishlogʻi.

Tabiati. Relyefi, asosan, tekislik. Jan. qismi Turkiston tizmasining shim. etaklaridagi adirlar, markaziy qismi qad. dan dehqonchilik qilib kelinayotgan tekisliklardan iborat. Shim. va shim. sharqiy qismi Markaziy Fargʻonaga tutashgan. Adirlar tuman hududida bir necha km masofaga choʻzilib boradi. Ular Soʻx daryosi yoyilmasining qad. konglomeratlaridan iborat. Iklimi kontinental. Qurama, Chatqol va Fargʻona tizma togʻlari shim. dan keLadigan sovuq shamollarni toʻsib turadi. Shu sababli bu yerda qish iliq. Oʻrtacha yillik tra 13,5°. Iyulda 27 — 28°, eng yuqori tra 42°, yanv. da —2,2, eng past tra —23°. Vegetatsiya davri 235 — 240 kun. Oʻrtacha yillik yogʻin 100—N5 mm.

Ekin maydonlari Sux daryosidan suv oladigan — Kartan kanali va Katta Fargʻona kanalidan sugʻoriladi. Umumiy uz. 104 km boʻlgan 7 katta ariq — Kartan, Xon, Sobirjon, Kalamush, Gʻijdon, Oqqoʻrgʻon, Qoʻqon ariqlari mavjud. 624 km uzunlikdagi 105 kollektor bor. Achchiqkoʻl va Shim. Bagʻdod kollektorlari yer osti sizot suvlarini Sirdaryoga quyadi. Sizot va bulok, suvlaridan toʻyinadigan Yangiqadam arigʻi qoʻshimcha suv beradi. Soʻx gidrouzeli — muhim gidrotexnika inshooti ishlab turibdi. Bundan tashqari, tumandagi aholi punktlari va chorvachilik fermalari 130 ga yaqin artezian qudukdaridan suv oladi.

Adir va adir etaklariga yondashgan yerlarda sugʻoriladigan boʻz, och boʻz, markaziy qismida sugʻoriladigan oʻtloqi, oʻtloqi botqoq tuproqlar, shim. va shim. sharqiy qismida shoʻrxok va qumoq tuproqlar tarqalgan. Adir va adir etagi tekisliklarida efemer va efemeroid oʻsimliklar, yulgʻun, oqbosh, taroqbosh, bugʻdoyiq, qamish, qoʻgʻa, shoʻra, ajriq, kakra, qumli maydo nlar va qum tepalarida qandim, cherkez, qum qiyogʻi, yantoq kabi oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, quyon, qizilkuyruq, qumsichqon, jayra, qoʻshoyoq, kalamush, oʻqilon, chipor ilon, kaltakesaklar; qargʻa, chumchuq, chugʻurchiq, soʻfitoʻragʻay, qashqaldoq, bedana va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, qoraqalpoq, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 586 kishi.

Xoʻjaligi. Paxtachilik — tuman xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Tumanda 380 ta shirkat, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Tuman sanoat korxonalari q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, asfaltbeton, meva va sabzavot konservalash, gʻisht z-dlari, avtokorxona, MTP, 4 qoʻshma, 350 kichik xususiy korxonalar, 4 yirik sanoat, shuningdek, qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Q. x. da foydalaniladigan yerlarga paxta, beda, sholi, don, sabzavot va poliz, yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Subtropik mevalar (mas, anjir) ham yetishtiriladi. Tuman jamoa va shaxeiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Tuman hududidan Andijon— Moskva, Bishkek—Jalolobod poyezdlari oʻtadi. 53 ta umumiy taʼlim maktabi, 2 kasbhunar kolleji, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, musika maktablari, markaziy kutubxona va uning tarmoklari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, 40 dan ortiq qishloq vrachlik punkt, 2 tez tibbiy yordam koʻrsatish st-yasi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x