YOVVOYI OʻRDAK

YOVVOYI OʻRDAK, qizil buyin oʻrdak (Anos platyrhynchus) — oʻrdaklar oilasi turi. Yirik qush, vazni 0,8 dan 2 kg gacha. Yevropa, Osiyo, Shim. Afrika va Shim. Amerikada yashaydi. Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan, deyarli hamma suv havzalarida koʻpayadi. Uchib oʻtuvchi qush, lekin koʻpchiligi qishlab ham qoladi. Suvdan uzoq boʻlmagan har xil joylarga in quradi. Apr. dan boshlab 6 tadan 16 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxum bosishi 26 kun davom etadi. 60 kunda joʻjalari yaxshi uchish qobiliyatiga ega boʻladi. Asosan, oʻsimliklar, baʼzan suvdagi umurtkasiz hayvonlar bilan oziklanadi. Yovvoyi oʻrdak muhim ov obyekti hisoblanadi. Xonaki oʻrdaklar shu turdan kelib chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x