BARG UROVCHILAR

BARG UROVCHILAR (Tortricidae) – mayda yoki oʻrtacha kattalikdagi kapalaklar oilasi. Qalin tukli tangachalar bilan qoplangan qanotlari yozilganda 8 — 30 mm boʻladi. Oldingi qanotlari ensiz, choʻziq. Tabiiy holatda qanotlari taxlanib turadi. Tuxumlari yassi, dumaloq yoki choʻziq, yaltiroq poʻstli. Kapalaklari tuxumlarini barg ustiga, meva yoki novda poʻstloqlariga va daraxt tanasiga bir donadan yoki toʻp-toʻp qilib qoʻyadi. … Читать далее

BANKIV TOVUGʻI

BANKIV TOVUGʻI, yovvoyi tovuq (Gallus gallus) — tovuqsimonlar turkumining qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub parranda. Jan. Osiyoda keng tarqalgan. Bu yerlarda hozir ham uchraydi. Togʻ va tekisliklardagi oʻrmon va butazorlarda yashaydi. Ch. Darvin B. t. xilma-xil zotli xonaki tovuqlarning yovvoyi ajdodi ekanligini aniqlagan. Bankiv tovugʻi Hindistonda mil. av. 3000 yil ilgari qoʻlga oʻrgatilgan. Uy tovuqlari Hindistondan Eron … Читать далее

GETEROGONIYA

GETEROGONIYA (getero… va yun. gone, goneia — tugʻilish, avlod qoldirish) — hayvonlarda nasl almashinish shakllaridan biri. Geterogoniya faqat jinsiy naslning bir-biri bilan almashinuvidan iborat boʻlib, jinsiy va jinssiz nasl almashinuvi — metagenezdan farq qiladi. Geterogoniya faqat umurtqasiz hayvonlar (yassi chuvalchanglar, toʻgarak chuvalchanglar, bosh aylangichlilar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar) uchun xos. Geterogoniyaning 3 xil shakli mavjud: 1) ayrim … Читать далее

BAQAQURILLOQLAR

BAQAQURILLOQLAR (Hylidae) – dumsiz amfibiyalar turkumining oilasi. 35 uruqqa boʻlingan, 580 turi bor. Yer yuzining hamma qismida uchraydi, tropik Amerika va Avstraliyada koʻproq tarqalgan. Oʻzbekistonda uchramaydi. Baqaqurilloqlar, asosan, daraxtlarda yashaydi. Shuning uchun ular daraxt baqasi deb ham ataladi, barmoqlarining uchidagi disksimon yumshoq bezli plastinkasi Baqaqurilloqlarning daraxt shoxi va bargiga yopishib turishiga yordam beradi. Xaltachali baqaqurilloq … Читать далее

BALIQQIYGʻIR

BALIQQIYGʻIR (Pandion haliaetus) – yirtqich qushlar turkumining baliqqiygʻirlar oilasiga mansub. Kattaligi sariq sordek, tanasining uz. 1,5 m ga yaqin, usti toʻq qoʻngʻir, qorin tomoni oq, oyogʻi kulrang, tumshugʻi qora. Baliqqiygʻir keng tarqalgan. Oʻzbekistonga martning oxirlarida uchib keladi va qishlash uchun tropik mamlakatlarga sent. —okt. da uchib ketadi. Baliqqiygʻir atrofi daraxtzor suv havzalarining qirgʻogʻida yashaydi. Shuning … Читать далее

BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK

BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK — urugʻlangan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Urugʻlangan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining oʻzida (B. t. h. ning shu xily eng koʻp uchraydi), tuxumdon yoki qorin boʻshligʻida, shuningdek bachadonning rudimentar shoxida rivojlanishi mumkin. Bachadon naylarida yalligʻlanishga xos oʻzgarishlar (chandiq va b.) boʻli-shi oqibatida ular oʻzining asosiy funkiiyasi, yaʼni … Читать далее

BARG FILCHASI

BARG FILCHASI (Polydrosus Germ.) – qattiqqanotlilar turkumining filchalar (uzuntumshukdilar) oilasiga mansub hasharot. Qoʻngʻizlik davrida turli oʻrmon va baʼzi meva daraxtlarining bargi bilan oziqlanadi. Oʻzbekiston vohalarida 2 turi uchraydi. Bahorda birdaniga koʻpayib, daraxt barglarini, ayniqsa, urugʻdan yangi chikhan nihol shoxlarining pastki barglarini yeb, yalangʻochlaydi. Qoʻngʻizning kattaligi 4 — 5 mm, juda xoʻra, atigi 2 — 3 … Читать далее

BALIQCHILIK

BALIQCHILIK — xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va b.)ning biotexnikasini … Читать далее

BAKRABALIQ

BAKRABALIQ (Acipenser nudiventris) — suyakli baliqlar sinfining osyotrsimonlar turkumi va osyotrlar oilasiga mansub baliq. Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizi havzalarida tarqalgan. Balxash koʻli havzasida iqlimlashtirilgan. Tanasi duksimon, tumshugʻi choʻziq, ogʻzi boshining pastila. Skeleti togʻaydan tashkil topgan. Tanasidagi choʻgirlar besh qator, orqasida 11 — 17 ta, yon tomonida 55 — 57 ta, qornida esa 15 … Читать далее

YASHIRIN JABRALILAR

YASHIRIN JABRALILAR, ulkan salamandralar aye) — dumli suvda va quruqlikda yashovchilar oilasi. Tuban tuzilgan ikkilamchi suv hayvonlari, hozirgi suvda va quruqlikda yashovchilarning eng yirigi. Gavdasining uz. 1,8 m va undan uzunroq, vazni 65 kg gacha. Tanasi yassi, boshi katta va yapaloq, ogʻzi keng. Koʻzlari juda kichik, qovoqsiz. Oldingi oyoqlarida 4 ta, keyingisida 5 tadan barmoq … Читать далее