BALIQQIYGʻIR

BALIQQIYGʻIR (Pandion haliaetus) – yirtqich qushlar turkumining baliqqiygʻirlar oilasiga mansub. Kattaligi sariq sordek, tanasining uz. 1,5 m ga yaqin, usti toʻq qoʻngʻir, qorin tomoni oq, oyogʻi kulrang, tumshugʻi qora. Baliqqiygʻir keng tarqalgan. Oʻzbekistonga martning oxirlarida uchib keladi va qishlash uchun tropik mamlakatlarga sent. —okt. da uchib ketadi. Baliqqiygʻir atrofi daraxtzor suv havzalarining qirgʻogʻida yashaydi. Shuning uchun Oʻzbekistonda kam uchraydi. Xaschoʻplardan daraxtga uya qoʻyadi. Bir uyadan bir necha yil foydalanadi, uni har yili yangilab, tuzatib turadi, natijada uya boʻyi 1 m, diametri 1,5 m gacha kattalashib ketadi. 2 — 3 ta havo rang tuxum qoʻyadi. Bolalari 2 oyda uchirma boʻladi. Baliqqiygʻirning tuzilishi, oyoq panjalari baliq tutishga moslangan: barmoqlarining tagi tikanli, panjalari yoʻgʻon va kuchli, changal tirnoqlarining uchi qayrilgan, qorin va oyoq patlari qisqa, dum bezi yaxshi rivojlangan. Baliqqiygʻir baliq tutishga mohir. Soni kam boʻlganligi uchun baliq xoʻjaligiga sezilarli zarar keltirmaydi. Baliqqiygʻir Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x