GEOKRIOLOGIYA

GEOKRIOLOGIYA (geo… va…kriologiya) — Yer poʻstidagi muzlagan (toʻngan) qatlam (kriolitozona)ning tuzilishi, tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, tarqalishi va rivojlanish tarixini, shuningdek ularning toʻngishi va erishi b-n bogʻliq jarayonlarning geofizik va geologik qonuniyatlarini hamda kriogen geologik jarayon va hodisalarni Urganadigan fan. Umumiy, regional va tarixiy, muzlagan togʻ jinslari termodinamikasi, togʻ jinslari, muzlagan togʻ jinslari va muzliklar, muhandislik, kriolitozonadagi yer osti suvlarini tadqiq qilish, kriolitologiya, meliorativ Geokriologiyaga boʻlinadi. Geokriologiya metodlariga geokriologik syomka va xarita tuzish, shuningdek muzlagan tog jinslari qalin qatlamlarining geodinamik rejimi, geokriogen jarayon va hodisalar natijasida mavsumiy muzlash va erib ketishni muntazam kuzatishlar kiradi. Bulardan tashqari G. muzlagan gruntlarning fizik-mexanik va issiqlik fizikasi xossalarini lab. da Urganadi. Muzlash va erib ketish jarayonlarini hal etishda Geokriologiya matematika metodlari va EHMdan foydalanadi.

Geokriologiya fan sifatida 20-a. da geol., geogr., geofizika va muhandislik-texnika fanlari b-n birga paydo buddi. Geokriologiya buyicha 1940-y. larda keng miqyosda i. t. lar utkazildi. 1950-y. larda i. t. lar amaliyotiga «geokriologiya» termini kiritildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x