YER

YER — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. … Читать далее

YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI

YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI (YEXHT) – davlatlar oʻrtasida xavfsizlik va hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga koʻmaklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSH va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat koʻrsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha kengash nomi bilan atalgan (1973—91). 1973-y. 3—7-iyulda Xelsinki sh. da … Читать далее

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligiga stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz, aritmik … Читать далее

YER SOLIGʻI

YER SOLIGʻI — yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy toʻlanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati boʻyicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat mulki hisoblanadigan yerdan foydalanganlik va fuqarolar mulk yerlari uchun davlat byudjetiga toʻlanadi. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, mil. 3-a. dan Sosoniylar davlatida joriy qilingan. Keyingi … Читать далее

DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH

DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH — davlatning oʻz ixtiyoridagi i. ch. vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va b. ni davlat tasarrufidan chiqarishi va fukarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish. Davlat mulkini xususiylashtirish davlat mulkini … Читать далее

VLASOVA Nina Aleksandrovna

VLASOVA Nina Aleksandrovna (1930.5.5, Voronej viloyati, RF) — biolog-botanik. Oʻzbekistan FA akad. (2000), biol. fanlari d-ri (1975). Oʻrta Osiyo un-tining biol.-tuproqshunoslik f-tini tamomlagan (1951). Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biol. si in-tida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1957-82), paxta tolasining rivojlanish biol. si laboratoriyasi rahbari (1982—95). Ilmiy ishlari seleksiya maqsadlarida turli genomli guza navlarini embriologik, sitologik … Читать далее

BOʻRONOV

BOʻRONOV Qoʻrgʻon (1925.25.10, Chimkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1985), falsafa fanlari d-ri (1981), prof. (1982). 2-jahon urushi qatnashchisi. Oʻrta Osiyo davlat untining tarix f-tini (1950) tugatgan. 1956—90 y. larda Toshkent oliy partiya maktabida oʻqituvchi, dotsent, dekan, kafedra prof., kafedra mudiri. ToshDU tabiiy f-tlarning falsafa kafedrasi katta ilmiy xodimi (1971—73). Oʻzbekiston FA … Читать далее

BURUNDI

BURUNDI, Burundi Respublikasi (frans. Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-y. larning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura sh. Maʼmuriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-y. 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-y. gi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning … Читать далее

BOTANIKA

BOTANIKA (yun. botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi. Botanika birbiri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, … Читать далее

BIOINDIKATORLAR

BIOINDIKATORLAR (bio… va lot. indico—koʻrsataman, aniqlayman) — soni yoki rivojlanish xususiyatlarining oʻzgarishi orqali yashash muhitida sodir boʻlayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen oʻzgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Koʻpchilik organizmlar yashash muhiti omillari (tuproq, suv va atmosferaning kimyoviy tarkibi, ikdim va obhavo sharoiti, boshka organizmlarning boʻlishi va b.)ga juda sezgir boʻlib, bu omillar muayyan, koʻpincha cheklangan … Читать далее