VAHDATI MAVJUD

VAHDATI MAVJUD (arab. – mavjudot birligi) — Alloh bilan birga yagona moddiy olam bor deb hisoblaydigan taʼlimot. Bu taʼlimot tarafdorlari tabiatning abadiyligini tan oladilar, Alloh olamning oʻzida, unga singib ketgan deb qaraydilar. Vahdati mavjud vakillari odam bu dunyodan voz kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olgʻa surdilar. Hindistonda Vahdati mavjud qadimdan mavjud boʻlib, olamni moddiylik asosida tushunishga usta vor darajada ahamiyat berar edi. Shuning uchun koʻpchilik musulmon ruhoniylari bu taʼlimotga shubha va hushyorlik bilan qarar edilar. Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil bu taʼlimotning namoyandalari hisoblanadi.

Vahdati mavjud namoyandalari fikricha, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar oʻzaro bogʻliq, dunyo hamisha oʻzgarish, rivojlanish holatida turadi. Vahdati mavjud tarafdorlari musulmon Sharqida tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishi uchun falsafiy asoslar yaratib berdi. Muhammadjon Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x