NADIMIY

NADIMIY (taxallusi; asl nomi Boltaniyoz Qurbonniyoz oʻgʻli) (? — Xiva — 1938) — shoir, xattot. Akasi Muhammad Yoqub Harrot Devondan husnixat qoidalarini oʻrgangan. Nadimiy umrining oxirigacha Xivadagi idoralarda turli lavozimlarda ishlagan. Sharq shoirlarining asarlarini mutolaa qilib, ularning taʼsirida sheʼrlar yozgan. 1908-y. da koʻchirgan mukammal devonida oʻzbek mumtoz sheʼriyatining turli janrlarida yozilgan asarlar bor. Sheʼrlarida insoniy … Читать далее

RAMAZON

RAMAZON — 1) hijriy yil hisobining 9oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad (sav)ga Kurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi. Ramazon — arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon … Читать далее

OBIMASHAD ARIGʻI

OBIMASHAD ARIGʻI, Obimashhad arigʻi — Samarqand sh. ning shim.sharqiy qismida joylashgan shu nomdagi bulokdan boshlangan ariq. Aslida Obimashad arigʻi Siyob anhorining irmoqlaridan boʻlib, Samarqanddan kesib oʻtgan No-vadon, Siyobcha, Jarariq kabi suv man-balari bilan bir qatorda shaharning suv taʼminoti va atrofidagi dehqonchilik va bogʻdorchilik yerlarini sugʻorishda muhim ahamiyat kasb etgan. Obimashad arigʻining suvi samarqandliklar oʻrtasida muqaddas … Читать далее

QOZI

QOZI (arab. — ijro etuvchi, hukm chiqaruvchi) — musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sud vazifasini bajaruv-chi, sudya, sharʼiy mahkama raisi. Dastlab Qozilarni Muhammad paygʻambar, undan keyin xalifa Umar tayinlagan. Xulofoi roshidin davrida Qozilar faqat fuqarolik ishlarini koʻrib chiqardi, jinoiy ishlarni hal qilish xalifa yoki viloyat hokimlarining vakolatiga kirardi. Javobgar yuksak maqom egasi va … Читать далее

YUSUF SAKKOKIY

YUSUF SAKKOKIY (Yusuf ibn Muhammad Abu Yaʼqub Sirojiddin alXorazmiy asSakkokiy) (1160 — Xiva — 1228) — tilshunos va adabiyotshunos. Asosan arab tilida ijod qilgan. Tarjimai holiga doir maʼlumotlar juda kam. Xondamirning yozishicha, Yusuf Sakkokiy sehrgarlikda nohaq ayblanib, Chigʻatoy xoni tomonidan zindonband etilgan va qamoqda vafot etgan. Yusuf Sakkokiy fanning turli sohalariga oid koʻplab asarlar yozgan. … Читать далее

NASAFIY AZIZIDDIN

NASAFIY AZIZIDDIN (taxallusi; toʻliq nomi Aziziddin ibn Muhammad Nasafiy) (?, Nasaf — 1263, Yazd, Abarkoʻh) — shoir, tasavvuf falsafasining yirik vakili. Shayx Kubro taʼlimoti va Muhyiddin ibn Arabiy tariqatini oʻzaro bogʻlagan kubraviya mashoyixlaridan biri. Dastlab Nasaf, soʻng Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Asosan, falsafa va hikmatni oʻrgangan, tib ilmida ham yuksak mahoratga ega boʻlgan. Nasafiy Aziziddin … Читать далее

JUVONMARD ALIXON

JUVONMARD ALIXON, Juvonmard sulton, Muiniddin Javonmardali sulton bin Abu Saidxon (?—1578.6.10) — Samarqand hokimi (1572—78). Shayboniylardan. Koʻnkunchixonning nabirasi. Xorazmdagi oʻzaro ichki nizolardan foydalanib Movarounnaxrdagi shayboniylardan Ubaydullaxon, Baroqxon (Navroʻz Ahmadxon) va Hisor sultonlari b-n birgalikda 1532/33 y. larda Xorazmga qilingan yurishda qatnashgan. Baroqxon davrida akasi Gadoyxon bilan Fargʻonada hokim boʻlgan, soʻngra ular Abdullaxon 11 bilan ittifoq … Читать далее

DIOPTAZ

DIOPTAZ (yun. dioptas — orasidan koʻrmoq) , mis zumradi, axirit, ashirit — mineral, misning suvli silikati. Kimyoviy formulasi Cu6(Si6O|8). 6N2O. Birinchi boʻlib buxorolik savdogar Muhammad Ashir 1785-y. da Markaziy Qozogʻistondagi Oltintepa degan joydan topgan, dastlab uning nomi bilan ashirit deb atalgan. Kristallarining ichidagi ulanish chiziqlari butunlay koʻrinib turganligi uchun fransuz mineralogi Gayu (1797) ashiritni Dioptaz … Читать далее

JAʼFAR as-SODIQ

JAʼFAR as-SODIQ, Jaʼfar ibn Muhammad Abu Abdulloh (taxm. 700 — Madina — 765) — shialikdagi jaʼfariylik mazhabi asoschisi, shialarning 6-imomi. «Sodiq» laqabini toʻgʻri soʻz boʻlganligi uchun olgan. Jaʼfar as-sodiq S shajarasi ota tomondan hazrat Aliga, ona tomondan hazrat Abu Bakr Siddiqqa borib taqaladi. Jaʼfar As-Sodiq siyosiy faoliyatda mutlaqo qatnashmadi, imomlikka daʼvogarlik ham qilmadi. U hokimiyat … Читать далее

YUSUF NAQQOSH

YUSUF NAQQOSH (15-asr oxiri, Hirot — 16-asr 30-y. lari, Movarounnahr) — musavvir, Kamoliddin Behzodning shogirdi. Movarounnahrda ustozining anʼanalarini davom ettirgan. Tarixchi Zayniddin Vosifiy musavvirni «Mavlono Jaloliddin Yusuf» deb zikr etadi, uni «fazilat va kamolot mujassami, badiiy rasmlar musavviri, latif raqamlar nafis ijodkori», «naqqoshlik va suratgarlik sanʼatida kamolot martabasida erdi», deb taʼriflaydi. Yusuf naqqosh Keldi Muhammad … Читать далее