ROMITANIY Xoja Ali

ROMITANIY Xoja Ali, Xojai Azizon (13-a. oʻrtalari — Romitan tumani Qoʻrgʻon qishlogʻi — 1316/1321) — xojagonnaqshbandiya tariqati vakili. Toʻquvchilik bilan mashgʻul boʻlgan. Xorazmda bir muddat yashab, xonaqo ochgan va xojagoniyani mazkur hududda tarqatgan. Sufiylik yoʻlidagi ustozi Maxmud Anjirfagʻnaviydir. Oʻz navbatida, Romitaniy Xoja Muhammad Boboyi Samosiynmng ustozi hisoblanadi. Bizgacha «Manoqibi Xoja Ali Azizon Romitaniy» asari yetib … Читать далее

OSIYO

OSIYO (yun. Asia, ehtimol ossuriycha asu — sharq) — Yer sharidagi eng katta qitʼa (butun quruqlik maydonining 30% chasini egallagan). Yevrosiyo materigining bir qismi. Umumiy maʼlumot. O. Shim. yarim sharning barcha geografik mintaqalarini oʻz ichiga oladi; Malay arxipelagi kis-man Jan. yarim sharga kirib borgan. Osiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari: shim. da Chelyuskin burni (77°43ʻ sh. … Читать далее

YUSUFIY

YUSUFIY (taxallusi; asl nomi Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Hiraviy) (15-asr oxiri, Hirot — 1544, Hindiston) — forsigoʻy shoir, lugʻatshunos, tabib. Tabobat ilmini otasidan oʻrgangan; Zahiriddin Boburning xos tabibi boʻlgan. Tibbiy, adabiyfalsafiy mazmundagi 20 dan ortiq nasriy va nazmiy asarlar muallifi; ulardan 12 tasining qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi. «Jomi ulfavoyid» («Foydalar … Читать далее

YOQUBOV Homil Islomovich

YOQUBOV Homil Islomovich (1907.14.9 — Toshkent — 1998.3.2) — adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), filol. fanlari d-ri (1967), prof. (1970). Leningrad davlat pedagogika intida oʻqigan (1926—27), Oʻrta Osiyo Rejalashtirishiqtisod intini tugatgan (1932). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot intida ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, prof. maslahatchi (1934—97). Shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida … Читать далее

OGAHIY

OGAHIY (taxallusi; toʻliq ismsharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1874.14.12) — shoir, tarixchi, tarjimon. Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislariningsuhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan oʻrgangan. 1829-y. da amakisi va ustozi Munis … Читать далее

JALILOV DEHQON

JALILOV DEHQON (1930.2.6, Andijon — 1992.7.6, Fargʻona) — oʻzbek dirijyori, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1980). Moskva oʻzbek opera studiyasining simfonik orkestr dirijyorligi bulimini tugatgan (1951), Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi f-tida sirtdan taʼlim olgan (1953—56). Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri (1941—47), Andijon (1954 — 55), Buxoro (1956—59), 1960-y. dan Fargʻona musiqali drama teatrlarida … Читать далее

JABROIL

JABROIL — islomda toʻrt bosh farishtadan biri (Mikoil, Isrofil, Azroil bilan birga). Diniy aqidaga koʻra, Alloh irodasini paygʻambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi), samoviy ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta; barcha paygʻambarlarga xudo tarafidan keladigan vahiylar farishtalar ulugʻi Jabroil (as) orqali keladi. J. Allohning irodasi bilan Muhammad (sav)ga Qurʼon oyatlarini yetqazib bergan. Qurʼoni karimda Jabroil … Читать далее

NASR

NASR (arab. — koʻmak, zafar) , proza — adabiy tur; vazn va kofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham Nasr yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kech-rok paydo boʻlgan. 5—8-a. larga oid Urxun-Yenisey yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi Nasrning eng kad. namunalari, deb hisoblash mumkin. … Читать далее

NASAFIY NURMUHAMMAD

NASAFIY NURMUHAMMAD (toʻliq nomi Muhammad Amin ibn Nurmuhammad Nasafiy) (18-a., Qarshi) — tazkiranavis. Tazkirachilikda Navoiy anʼanalarini davom ettirgan. Nasafiy Nurmuhammaddan bizgacha «Mazhar ulmusannifin» («Adiblar bayonida», 1759) asarigina yetib kelgan. Asar tarixiy voqealar bayonidan iborat boʻlib, unda tazkiraga xos xususiyatlar mujassam. «Mazhar ul-musannifin»da Buxoro amirligi hududlarida kechgan tarixiy voqealarning bayoni bilan birga buxorolik, samarqandlik, qarshilik shoir, … Читать далее

OLLOQULIXON

OLLOQULIXON (taxm. 1794-1842) – Xiva xoni (1825—42) — Muhammad Rahimxonning oʻgʻli. Olloqulixon davrida zulm, talonchilik, oʻzaro urushlar kuchaygan. Olloqulixon Buxoro bilan sulh tuzilganiga qaramay 7-marta Buxoro xonligi hududiga yurishlar qilib qishloqlarni talab qaytgan. Xurosonga 5-marta yurish qilgan. Qoraqalpoq va turkmanlarning qoʻzgʻolonlarini beshafqat bostirgan (1828). Rossiya b-n savdo va elchilik munosabatlarini (1840—41) rivojlantirgan. Olloqulixon davrida Xivada … Читать далее