YUSUF NAQQOSH

YUSUF NAQQOSH (15-asr oxiri, Hirot — 16-asr 30-y. lari, Movarounnahr) — musavvir, Kamoliddin Behzodning shogirdi. Movarounnahrda ustozining anʼanalarini davom ettirgan. Tarixchi Zayniddin Vosifiy musavvirni «Mavlono Jaloliddin Yusuf» deb zikr etadi, uni «fazilat va kamolot mujassami, badiiy rasmlar musavviri, latif raqamlar nafis ijodkori», «naqqoshlik va suratgarlik sanʼatida kamolot martabasida erdi», deb taʼriflaydi. Yusuf naqqosh Keldi Muhammad nomi bilan mashhur boʻlgan shayboniylar vakili Abulmuzaffar Sulton Muhammad Bahodir saroyida xizmat qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x