DIOPTAZ

DIOPTAZ (yun. dioptas — orasidan koʻrmoq) , mis zumradi, axirit, ashirit — mineral, misning suvli silikati. Kimyoviy formulasi Cu6(Si6O|8). 6N2O. Birinchi boʻlib buxorolik savdogar Muhammad Ashir 1785-y. da Markaziy Qozogʻistondagi Oltintepa degan joydan topgan, dastlab uning nomi bilan ashirit deb atalgan. Kristallarining ichidagi ulanish chiziqlari butunlay koʻrinib turganligi uchun fransuz mineralogi Gayu (1797) ashiritni Dioptaz deb atagan. Trigonal singoniyali. Qisqa ustuncha, romboedr koʻrinishida. Rangi zumradsimon yashil, yaltiroqligi shishasimon. Kattikligi 5. Zichligi 3300 kg/m3. Mis konlarining nurash zonasida malaxit, broshantit, xrizokolla va misning ikkilamchi minerallari, shuningdek, kalsit, kvars, limonit bilan birga uchraydi. Chili (Kopiano yaqinida), AQSH (Arizona shtati), Kongo Demokratik Respublikasi (Shaba), Namibiyada ham topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x