VAN-DER-VAALS TENGLAMASI

VAN-DER-VAALS TENGLAMASI — real (ideal boʻlmagan) gaz holatini ifodalaydigan tenglama. Molekulalar hajmining chekliligini hamda molekulalararo oʻzaro tortishish kuchi mavjudligini hisobga olgan holda chiqarilgan had ichki bosim deb yuritiladi. Kuchli siyraklashtirilgan gazlar uchun V.-d.V. t. ideal gaz tenglamasi r V=R 7»ga oʻtadi. Bu tenglamani Ya. D. Van-derVaals taklif qilgan (1873). Пост Навигацияси

VIDAL REAKSIYASI

VIDAL REAKSIYASI — ich terlama (qorin tifi) va paratiflarni aniqlash uchun qoʻllaniladigan immunobiologik reaksiya. Fransuz vrachi F. Vidal taklif etgan (1896). Reaksiya agglyutinatsiya hodisasiga asoslangan. Bemorning qon zardobi kamida 1:200 nisbatda suyultirilganda agglyutinatsiya hodisasi roʻy bersa, Vidal reaksiyasi musbat boʻladi. Bu esa diagnostik titr hisoblanadi. Serodiagnostikata asoslanib hafta oralatib Vidal reaksiyasi qoʻyilganida reaksiya titri ortib … Читать далее

BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO

BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO (1660—1712) Usmonli turk imperiyasi sultoni Ahmadxon III davri (1703—30) dagi sadri aʼzam. Oʻsmirlik chogʻida sulton saroyiga kelib, boltachilar safiga xizmatga kirgan. Xushroʻy va xushovoz boʻlganidan edda «Xushroʻy muazzin» degan nom bilan tanilgan. 1704-y. sulton Ahmadxon III uni bosh miroxur etib tayinlagan, bir yildan keyin esa sadri aʼzam lavozimiga koʻtargan. 18 oy … Читать далее

BAHOUDDIN MUHAMMAD

BAHOUDDIN MUHAMMAD ibn Muayyad al-Bogʻdodiy (12-a.) — tarixchi olim. Xorazmning Bogʻdod qishlogʻida tugʻilib, Xurosonning Niso sh. da yashagan. Xorazmshoh Takash (1172 — 1200) uni saroy xizmatiga taklif qiladi va munshiylar devoniga boshliq qilib tayinlaydi. Bahouddin Muhammad devon boshilik davrida yiqqan turli vasiqa va hujjatlar, boshqa davlatlar bilan boʻlgan yozishmalarni doʻstlarining iltimosi va podshohning buyrugʻi bilan … Читать далее

VOLTA ELEMENTI

VOLTA ELEMENTI — musbat elektrodi — mis plastinka, manfiysi — rux, elektroliti — natriy xlorid eritmasi yoki sulfat kislotadan iborat galvanik element (e. yu. k. 1,0 V). A. Volta taklif qilgan. Volta elementi tokning kimyoviy manbai boʻlib, zaryadlanish paytida ulardan oʻtuvchi tok hosil qiladigan elektrkimyoviy reaksiyalar energiyasi hisobiga elektr energiya ajraladi. Elektr akkumlyatorlardan farqli ravishda, … Читать далее

VESPUCHCHI

VESPUCHCHI (Vespucci) Amerigo (1454, Florensiya — 1512.22.2, Sevilya) — dengiz sayyohi. Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan. 1499 va 1501 — 02 y. larda Jan. Amerikaning shimoliga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan. Vespuchchi birinchi boʻlib, u yerlar dunyoning yangi qitʼasi degan fikrni ilgari surgan va uni Yangi Dunyo deb atagan. Keyinroq lotaringiyalik xaritashunos M. Valdzemyuller (1505) Kolumb … Читать далее

VOLTA USTUNI

VOLTA USTUNI — amalda ishlatish uchun yaroqli dunyoda birinchi kimyoviy tok manbai; ketma-ket ulangan bir nechta volta elementiayan iborat galvanik batareya. A. Volta taklif qilgan. Volta ustuni elementlarining elektrodlari elektrolit shimdirilgan gʻovak material (movut va qogʻoz)dan qilingan qistirmali disklardan iborat. Kimyoviy reaksiya natijasida Volta ustuni chiqiklarida potensiallar farqi vujudga keladi. Uning qiymati ketma-ket ulangan barcha … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

GAZ TURBINALI DVIGATEL

GAZ TURBINALI DVIGATEL (GTD) — yoqilgʻi yonganda ajraladigan qizigan gazda ishlovchi issiqlik dvigateli. Asosan, gaz turbshshei, kompressor, gaz generatori, yonish kamerasi va havo isitkichdan iborat. Gaz turbinali dvigatelni yaratish goyasini birinchi marta 1791-y. da ingliz ixtirochisi J. Barber taklif kilgan. Birinchi Gaz turbinali dvigatelning loyihasini rus muhandisi P. D. Kuzminskiy 1892-y. da taklif qilib, 1900-y. … Читать далее

BOSH KOʻRSATKICHI

BOSH KOʻRSATKICHI — antropologiyada qoʻllaniladigan koʻrsatkich; bosh kengligining uzunligiga nisbati (foiz hisobida yuritiladi). Agar Bosh koʻrsatkichi 75,9 gacha boʻlsa — uzun bosh (dolixotsefal), 76,0 dan 80,9 gacha boʻlsa — oʻrta bosh (mezotsefal), 81,0 dan katta boʻlsa — dumaloq bosh (braxitsefal), deb ataladi. Bosh koʻrsatkichini shved anatomi A. Retsius (1842-y. da) taklif qilgan. Oʻtgan asrning 60—70-y. … Читать далее