VIDAL REAKSIYASI

VIDAL REAKSIYASI — ich terlama (qorin tifi) va paratiflarni aniqlash uchun qoʻllaniladigan immunobiologik reaksiya. Fransuz vrachi F. Vidal taklif etgan (1896). Reaksiya agglyutinatsiya hodisasiga asoslangan. Bemorning qon zardobi kamida 1:200 nisbatda suyultirilganda agglyutinatsiya hodisasi roʻy bersa, Vidal reaksiyasi musbat boʻladi. Bu esa diagnostik titr hisoblanadi. Serodiagnostikata asoslanib hafta oralatib Vidal reaksiyasi qoʻyilganida reaksiya titri ortib boradi (1:400; 1:800 va h. k.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x