VESPUCHCHI

VESPUCHCHI (Vespucci) Amerigo (1454, Florensiya — 1512.22.2, Sevilya) — dengiz sayyohi. Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan. 1499 va 1501 — 02 y. larda Jan. Amerikaning shimoliga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan. Vespuchchi birinchi boʻlib, u yerlar dunyoning yangi qitʼasi degan fikrni ilgari surgan va uni Yangi Dunyo deb atagan. Keyinroq lotaringiyalik xaritashunos M. Valdzemyuller (1505) Kolumb kashf etgan materikni Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan. Keyinchalik bu nom hammaga manzur boʻldi, 1538-y. dan Merkator xaritasidan boshlab Shim. Amerika ham shunday atala boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x