MARTEN

MARTEN (Martin) Pyer (1824.18.8, Burj, Fransiya — 1915.25.5, Furshambo, Fransiya) — fransuz metallurgi, alangali pechda poʻlat eritish asoschisi. Konchilik maktabini bitirgandan soʻng otasining metallurgiya z-dida ishlagan; 1854—83 y. lar metallurgiya z-di direktori. Regeneratorsh alangali pechda quyma poʻlat olish usulini taklif qilgan (1864). Bu pech keyinchalik marten pechi nomini olgan. Marten taklif qilgan marten jarayoni metallurgiyada … Читать далее

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI, kimyoviy elementlar davriy sistemasi — D. I. Mendeleyevning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. Mendeleyev davriy sistemasi mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi. Mendeleyevgacha ham … Читать далее

METROPOLITEN-OPERA

METROPOLITEN-OPERA (Metropolitan Opera) — AQSH ning yetakchi opera teatri, opera sanʼatining yirik markazlaridan. 1883-y. da Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Yirik firmalar, jamiyatlar, shaxslar tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga faoli-yat koʻrsatadi. AQSHda yagona doimiy ishlaydigan opera teatri (har yili 7 oy davomida faoliyat koʻrsatadi). Faqat xor va orkestri muqim, yetakchi xonanda va dirijyorlar butun dunyodan mu-ayyan spektaklga yoki … Читать далее

METALLAR FIZIKASI

METALLAR FIZIKASI — metall va krtishmalarning atom tuzilishi hamda fizik xossalarini oʻrganish bilan shu-gʻullanadigan fizika boʻlimi; qattiq jism fizikasinint tarkibiy qismi. 20-a. boshlarida nemis olimi P. Drude metallarning tuzilish modelini taklif qilib, bu model yordamida ularning elektr va issiqlik oʻtkazuvchanligini tushuntirdi. Shu modelga koʻra, metall atomlari oraligʻi «elektrongaz» bilan toʻlgan. X. Lorents bu nazariyani rivojlantirdi … Читать далее

PENETRANTLIK

PENETRANTLIK (lot. penetro — teshib kiraman, yetib olaman) — yaqin qarindosh organizm guruhlarining har xil individlarida muhit sharoitlariga bogʻliq holda maʼlum gen alleli faoliyatining namoyon boʻlish chastota-si. «Penetrantlik» termini rus olimi N. V. Timofeyev-Resovskiy (1927) tomonidan taklif etilgan. Toʻliq Penetrantlik (allel barcha individlarda oʻz faoliyatini koʻrsatadi) va toʻliqsiz Penetrantlik (allel bir guruh individlarda fa-oliyat koʻrsata … Читать далее

MIYONCHA

MIYONCHA, patnis (fors, miyon — oʻrta) — 1) mehmonlar (ayollar) tomonidan toʻyga dasturxon ichida, patnisda olib boriladigan shirinlik, sovgʻa. Asosan, nikoh va sunnat toʻylarida rayem boʻlib, faqat bir turdagi shirinlik (qand, pashmak, mayiz va b.) lardan iborat boʻladi. Miyoncha ustiga kiyimlik qoʻyiladi; 2) toʻyga kelgan mehmonlar oldiga patnisda qoʻyiladigan qand-qurs, non, qatlama, meva va b. … Читать далее

MARSHALL

MARSHALL (Marshall) Alfred (1842.26.7. London – 1924.13.7, Kembrij) — ingliz iqtisodchisi, Kembrij untining siyosiy iqtisod prof. (1885—1908). Iqtisodiyotdagi neoklassik yoʻnalishning Kembrij maktabi asoschisi. Marshall «Siyosiy iqtisod» oʻrniga siyosiylashmagan «ekonomike» atamasini kiritdi. U oʻz asarlarida xoʻjalikning ideal modeli «mukammal raqobat» tufayli vujudga kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Xarajatlar, talab va taklif, mehnat unumdorligi toʻgʻrisidagi nazariyalarni 19-a. oxirida keng … Читать далее

POʻLATXON QOʻZGʻOLONI

«POʻLATXON» QOʻZGʻOLONI — Koʻqon xonligitsa xon va uning amaldorlari zulmiga va chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1873—76). Rahbari — Isʼhoq Hasan oʻgʻli (1844 — Margʻilon — 1876). Isʼhoq Hasan Qoʻqondagi Tunqator madrasasida oʻqigan. Andijondagi masjidda imomlik qilgan, savdo-garlik b-n ham shugʻullangan. Toshkentga kelib, Abdulmoʻmin otaliq bilan tanishgach, shu yerda vaqtincha yashab qoladi. … Читать далее

MONETARIZM

MONETARIZM (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy konsepsiya. 20-a. ning 50-y. larida Milton Fridmen asos solgan. M. M. Fridmen, G. Xaberler (AQSH), O. Fayt (GFR), J. Ryuyeff (Fransiya) va b. asarlarida rivojlantirilgan. Fridmen va uning safdoshlari J. M. AGeynsning pulsiz omillar (mas, investitsiyalar) oʻrniga aynan pulli omillarni … Читать далее

MONOPOLLASHGAN BOZOR

MONOPOLLASHGAN BOZOR — ozchilik sotuvchilar va xaridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud boʻlmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozori turlari bor. Monopol raqobatli bozorda firmalar koʻp boʻlganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik boʻladi, natijada ular bozorni cheklangan holda nazorat qiladilar. Ular yashirin kelishuv asosida oʻzaro til biriktira olmaydilar, bu bilan mazkur … Читать далее