PITEKANTROPLAR

PITEKANTROPLAR (yun. pithekos maymun va anthropos — odam) — eng qad. qazilma odamlar (taxm. 900 ming yil avval). Neandertallardan oldin yashaganlar. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar. 1890—92 y. larda golland olimi E. Dyubua Yava o. dagi Solo daryosi yaqinidan 4qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qad. ajdodiga mansub bosh miya qopqogʻi, son suyagi va uchta tishini topgan. … Читать далее

MELIORATSIYA

MELIORATSIYA (lot. melioraio — yaxshilash) , qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi — yerlarning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliyxoʻjalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. Melioratsiya tabiiy sharoitlar (tuproq, gidrologik, iqlimiy va b.) majmuini kerakli yoʻnalishda oʻzgartirish; tuproqda ekinlarni yetishtirish uchun qulay boʻlgan suvhavo, harorat va oziq rejimini, atmosferaning yer yuzasiga yaqin qatlamida havoning harorati va harakatini oʻzgartirish imkoniyatini … Читать далее

MAHMUDBIY

MAHMUDBIY, Mahmud Qatagʻon (taxm. 17-a. 1-yarmi — 18-a. boshi) — ashtarxoniylar davridagi nufuzli amaldor, otaliq. Toxariston (1683-y. dan), Balx va Badaxshon hokimi (1688-y. dan). M. Movarounnahrning 17-a. 1-yarmidagi ijtimoiysiyosiy hayotida muhim rol oʻynagan. Imomqulixon davrida (1611— 42) Qunduz M. ning yurti va Toxaristonning Toliqon, Kishm kabi tumanlarini birlashtirgan mulk markaziga aylangan. Mahmudbiy otaliq davrida Ishkamish … Читать далее

MANIZER Matvey Genrixovich

MANIZER Matvey Genrixovich [1891.5(17).3, Peterburg – 1966.20.12, Moskva] — rus xdykaltaroshi. BAning haqiqiy aʼzosi (1947); BA vitse-prezidenti (1947—66). Shtiglis rayem chizish markaziy bilim yurti (1908—09), Peterburg BA (1911 —16)da taʼlim olgan. Manizer, asosan, monumental bronza haykaltaroshligi sohasida ijod qilgan; uning ijodiga soʻnggi akademiya maktabi anʼanalarining taʼsiri kuchli. Manizer asarlari gʻoyasining dolzarbligi, real, umumlashma obrazi bilan … Читать далее

MADAMINBEK

MADAMINBEK, Muhammad Aminbek Ahmadbek oʻgʻli (1892, Margʻilon yaqinidagi Soʻkchilik qishlogʻi — 1920.14.5, Fargʻona vodiysidagi Qorovul qishlogʻi) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash harakati namoyandalaridan biri (1918—20), Muvaqqat Fargʻona hukumati raisi (1919—20). Boshlangʻich maktabda savod chiqargach, mahalliy boylar va ruslarning savdo doʻkonlarida ishlagan. Birinchi jahon urushi arafasida podshoga qarshi faoliyati uchun politsiya tomonidan qoʻlga olinib, 14 … Читать далее

MAVSUM MAROSIM QOʻSHIQLARI

MAVSUM MAROSIM QOʻSHIQLARI — xalq ogʻzaki ijodining yil fasllarini belgilovchi, turli marosim hamda anʼanaviy bayramlar jarayonida ijro etilgan qad. qoʻshiq turlaridan. Kelib chiqishi eneolit (yangi tosh) davrida yuzaga kelgan chorvachilik va dehqonchilik mehnatlari bilan bogʻliq. Qadimda mazkur mehnatlar yil fasllarining uzviy aylanib turish jarayoniga bevosita bogʻliq boʻlgan. Odamlar turli marosimlar, qurbonliklar va qoʻshiklar homiy ruhlarga … Читать далее

MIYONQOL QOʻZGʻOLONI

MIYONQOL QOʻZGʻOLONI — Buxoro xonligida amir Haydarnnnt soliq siyosatiga qarshi xitoyqipchoqlar qoʻzgʻoloni (1821—25). Miyonqol 19-a. ning boshlarida oʻzaro ichki nizo avj olgan hududga aylangan. Katta soliq va majburiyatlar, amaldorlarning oʻz mansablarini suiisteʼmol qilishlari dehqon va hunarmandlar turmushiga juda salbiy taʼsir qilmoqda edi. Miyonqol aholisi uchun Marvda harbiy xizmatni oʻtash yana bir ogʻir maj-buriyat boʻlgan. 1820-y. … Читать далее

MOCHEVINA-FORMALDEGID OʻGʻITLAR

MOCHEVINA-FORMALDEGID OʻGʻITLAR — sekin taʼsir etuvchi azotli oʻgʻitlar. Zarralariningdiametri 0,5 mm dan kichik boʻlgan oq kukun; uncha nam tortmaydi, mushtlanib qolmaydi. Tarkibida 37—40%, shu jumladan, suvda eriydigan 4—12% azot boʻladi. M.-f. oʻ. azoti boshqa azotli oʻgʻitlarning azotidan tuproqsa sekin minerallashuvi bilan farq qiladi, shu sababli ularni katta dozalarda solish mumkin. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida turli ekinlar … Читать далее

MUALLIFLIK HUQUQI

MUALLIFLIK HUQUQI — keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Top maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquklar tizimini tashkil etadi. Mualliflik huquqi h – boʻyicha munosabatlar har bir … Читать далее

MOʻGʻUL OTI

MOʻGʻUL OTI — jaydari ot zoti. Uning kelib chiqishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ayniqsa, 12-a. oxiriga kelib, moʻgʻullar davlatining paydo boʻlishi va moʻgʻullar istilosi davrlarida yilqichilikka eʼtibor kuchaygan, Moʻgʻul oti zoti koʻplab urchitiladigan va otliq qoʻshinning asosiy harakat vositasi boʻlgan. Ular choʻl va chala choʻl sharoitiga moslashgan. Moʻgʻul oti boʻyi past, jussasi kichik boʻlishiga qaramay, … Читать далее