PATAGONIYA

PATAGONIYA — Jan. Amerikadagi ta-biiy oblast. Argentinaning jan. qis-mida, Rio-Kolorado va Rio-Negro daryolaridan jan. da, And togʻlaridan sharkda joylashgan. Mayd. 652 ming km2. Yer yuzasi Atlantika okeani sohilidan sharqqa 2200 m balandlikkacha zinapoyasimon balandlashib boradi. Shim.-sharqiy qismi pasttekislik. Zamini qad. kristalli jinslardan tuzilgan, ularning ustini choʻkindi va vulkan jinslari hamda morena yotqiziklari qoplagan. Iqlimi moʻtadil, … Читать далее

MIRABILIT

MIRABILIT (lot. mirabilis — ajoyib; nem. kimyogari I. R. Glauber bergan nom) , glauber tuzi — sulfat lar sinfiga mansub mineral; kimyoviy tarkibi Na2[SO4]10H2O. Tarkibida 19,24% Na2O; 24,85% SO3; 55,91% N2O mavjud. Monoklin singoniyada kristallanadi; qisqa prizmadan ninasimon shaklgacha. Mirabilit, shuningdek, donacha yoki kukunsimon agregatlar va mayda kristalli poʻstloqchalar hosil qiladi. Rangsiz yoki oq. Suvda … Читать далее

KUNGABOQAR KAPALAGI

KUNGABOQAR KAPALAGI, kungaboqar kuyasi (Homoeosoma nebulella Hb.) — parvova kapalaqlar oilasiga mansub kapalak, kungaboqarumtg xavfli zararkuvandasi. Yevropa, Kichik va Janubi-Sharqiy Osiyo, Gʻarbiy Sibir, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Qanotlari yoyilganda 20—27 mm, oldingi kanoti och kulrang, qanotining oʻrtasida 4 ta qora rang nuqtasi bor; keyingi qanoti oldingisinikiga qaraganda kengroq, oqish, qanotining tomirlari qoramtir. Qurtining oʻz. … Читать далее

PEKAN

PEKAN (Carya olivaformis Nutt. S.pecan) , zaytunyongʻoq — yongʻoq-doshlar oilasi kariya turkumiga mansub yongoqmevali daraxt. Vatani — Shim. Amerika. Yovvoyi holda Shim. Amerikada usadi. Yevropaga 18-a. da keltirilgan. Qora dengiz boʻylarida, Ukrainada, Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda (1926-y. dan boshlab) ekiladi. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik in-tining Boʻstonliq filialida, Tojikiston Vaxsh tajriba styasida … Читать далее

PISTA KOʻMIR

PISTA KOʻMIR — yuqori uglerodli qattiq gʻovak material. Yogʻoch (oʻtin)ni havosiz yoki bir oz havoli muhitda kuydirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Oddiy (tabiiy) usulda yoki maxsus oʻchoq (retorta)lar va pechlarda olish mumkin. Oddiy usudda Pista koʻmir olish uchun oʻtin chuqurda chala yoqilib, ustiga tuproq yoki qum bostirib qoʻyiladi, yo boʻlmasa, oʻtin gulxan qilib chala yoqiladi. … Читать далее

KASHMIR VODIYSI

KASHMIR VODIYSI — Katta Himolay va Pir-Panjal togʻ tizmalari orasidagi keng vodiy, Hindistonda. Uzunligi qariyb 200 km, kengligi 60 km dan ziyod. Bal. 1600 m ga yaqin. Koʻl koʻp, eng kattasi Vular koʻli. Togʻlardan oqib tushadigan mayda daryo va soylar vodiyning eng yirik daryosi Jalam (Jhalam) ga (Hind daryosi irmogʻi) quyiladi. Daryoda kema qatnaydi. Yoʻlovchilarni … Читать далее

KARTOSHKA KAVLAGICH

KARTOSHKA KAVLAGICH — kartoshkani kavlab, uni tuproq va palaklardan ajratib, qoʻlda terib olish uchun dalaga uyumlab tashlab ketadigan mashina. Elevatorli, gʻalvirli va rotorli xillari bor. Elevatorli Kartoshka kavlagich ikki qatordagi kartoshkani kavlash uchun lemex (kavlagich) dan kovlagan kartoshka bilan chiqqan tuproq va kesaklarni maydalab elaydigan chiviq-kaskadli elevatordan iborat. Elevatordan oʻtgan massa titrama panjaraga tushadi. Unda … Читать далее

METEOROLOGIK TERMOMETR

METEOROLOGIK TERMOMETR — havo va tuproq t-rasini oʻlchashda ishlatiladigan termometr. M. t. ishlash tarziga koʻra, suyuqlikli (simobli, spirt li), gazli (mas, vodorod), deformatsiya, elektr xillarga boʻlinadi. S u yu q likli Meteorologik termometrda traning oʻzgarishi maʼlum miqdordagi suyuqlik hajminingoʻzgarishiga bogʻliq. Gazli Meteorologik termometrda t-ra maʼlum hajmdagi kimyoviy toza gaz bosimi bilan oʻlchanadi. Deformatsiya M. t. … Читать далее

TURP

TURP (Raphanus sativus L.) — karamdoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlik. 5 ming yil muqaddam Qadimgi Misr, Yunoniston va Rimda ekilgan. Hoz. paytda dunyodagi barcha mamlakatlarda ekiladi. Birinchi yili kesikli, tukli barglardan iborat toʻpbarg va ildizmeva hosil qiladi. 2yili, ekilgach, gulpoya chiqarib, 35—40 kunda gullaydi. Gullashi bir oygacha davom etadi. Gul toʻplami — shingil. Guli … Читать далее

KUZGI SOʻLISH

KUZGI SOʻLISH — ekinlarda uchraydigan noinfeksion kasallik. Kasallikning oʻziga xos xususiyati ekinning egilib qolishi va tezkorlik (2—3 kun) b-n oʻtishidir. Kasallik asosiy hosilni toʻplash davriga toʻgʻri keladi. Mas, gʻoʻzada kasallangan oʻsimlikning bargi qizgʻish tusga kiradi, biroq dogʻlar hosil boʻlmaydi, poyasi va ildizining koʻndalang kesimi sogʻlom oʻsimliknikidan farq qilmaydi, poyaning oʻtkazuvchi vay qismida vilt kasaligiga xos … Читать далее