PISTA KOʻMIR

PISTA KOʻMIR — yuqori uglerodli qattiq gʻovak material. Yogʻoch (oʻtin)ni havosiz yoki bir oz havoli muhitda kuydirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Oddiy (tabiiy) usulda yoki maxsus oʻchoq (retorta)lar va pechlarda olish mumkin. Oddiy usudda Pista koʻmir olish uchun oʻtin chuqurda chala yoqilib, ustiga tuproq yoki qum bostirib qoʻyiladi, yo boʻlmasa, oʻtin gulxan qilib chala yoqiladi. Pechlar (retortalar)da ham yogʻoch chala yoqiladi. Pista koʻmir juda sergʻovak boʻlganligi uchun uning gazsimon yoki suyuq moddalarni yutish (adsorbsion) xususiyati yuqori boʻladi. Har xil yogʻochdan turlicha miqdorda Pista koʻmir chiqadi. Pista koʻmir, asosan, archa, qayin, oʻrik, yongʻoq va b. daraxtlar yogʻochidan olinadi. Quruq yogʻochdan uning ogʻirligiga nisbatan 30—40% P. k. olinadi. Mas, 1 m3 yogʻochdan 140—190 kg kumir, 280—400 kg suyuq mahsulot va 80 kg chamasi yonuvchi gaz chiqadi. Pista koʻmir yoqilganda 7000—8000 kkal/kg issiqlik hosil boʻladi. Pista koʻmir xalq xoʻjaligida, qora va rangli metallurgiyada, tibbiyotda, uglerod sulfid, faol kumir olish va b. maqsadlarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x