KASHMIR VODIYSI

KASHMIR VODIYSI — Katta Himolay va Pir-Panjal togʻ tizmalari orasidagi keng vodiy, Hindistonda. Uzunligi qariyb 200 km, kengligi 60 km dan ziyod. Bal. 1600 m ga yaqin. Koʻl koʻp, eng kattasi Vular koʻli. Togʻlardan oqib tushadigan mayda daryo va soylar vodiyning eng yirik daryosi Jalam (Jhalam) ga (Hind daryosi irmogʻi) quyiladi. Daryoda kema qatnaydi. Yoʻlovchilarni tashishda qayiqdan ham foydalaniladi. Iqlimi moʻtadil, yanv. ning oʻrtacha t-rasi — G, iyulniki 22—23°. Yozgi nam musson shamollarning kirib kelishiga PirPanjal togʻ tizmasi toʻsqinlik qiladi. Shu sababli, yoz mavsumida yogʻin kam yogʻadi. Yillik yogʻin oʻrtacha 1000 mm. Kashmir vodiysi tuprogʻi allyuvial tuproq. Keng bargli oʻrmonlar, togʻ yon bagʻirlarida igna bargli oʻrmonlar bor. Q. x. ekinlari, asosan, sholi va makkajoʻxori, shuningdek, zigir, raps, xantal, qisman bugʻdoy ham ekiladi. Kashmir vodiysida turli mevalar yetishtiriladi. Ekinzorlar daryo suvidan sugoriladi. Mevali bogʻlar bor. Yiliga 180 ming t dan ziyod meva yetishtiriladi. Zaʼfaron Hindistonda, asosan, shu yerda ekiladi. Ipak qurti uchun tut daraxti oʻstiriladi. Kashmir vodiysida aholi zich. Hunarmandchilikda gilam toʻqish, kashtachilik, yogʻoch va metall oʻymakorligi rivojlangan. Iqlim kurortlari bor. Srinagar, Paxalgam va Gulmarg sh. lari turizm markazlaridan. Boburiylar asos solgan Shalimar va Nashat bogʻlarini koʻrish uchun turistlar koʻp keladi. Eng yirik shahri — Srinagar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x