MASAN

MASAN — Jan. Koreyadagi shahar. Kyonsan-Namdo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 422 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Chinxeman qoʻltigʻi (Koreya boʻgʻozi)dagi port. Kemasozlik, elektrotexnika, harbiy, toʻqimachilik, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar yaqinida GES qurilgan. Baliq ovlanadi va qayta ishlanadi. Пост Навигацияси

MANCHESTER

MANCHESTER — Buyuk Britaniyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Katta Manchester ko-nurbatsiyasining bosh shaxri va metropoliten grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 430 ming kishidan ziyod (shahar atrofi bilan 2,6 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Eruell daryosi va Manchester kanalidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t dan ortiq). Mamlakatning mu-him sanoat va madaniy markazi. Sano-atining yetakchi tarmogʻi … Читать далее

PORTSMUT

PORTSMUT — Buyuk Britaniyaning jan. qismidagi shahar, Xempshir grafligida. Aholisi 182,2 ming kishi (1990y. lar oxiri). Lamansh boʻgʻozidagi port. Kemasozlik va kema taʼmirlash, radioelektronika, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Koʻprik orqali Gosport sh. bilan bogʻlangan. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 12-a. da asos solingan. 12 — 18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Пост Навигацияси

PERM

PERM (1940—57 y. larda — Molotov) — RF Perm viloyatidagi shahar (1781-y. dan), viloyat markazi. Kama soxilidagi port. Transport yoʻllari (t. y., dare, avtomobil va havo transporti) tuguni. Aholisi 1021,7 ming kishi (1998). Mashinasozlik (aviadvigatellar, turli sanoat uskunalari, avto-kranlar va b., mudofaa mahsulotlari i. ch.), kimyo, neft kimyosi, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoatlari bor. … Читать далее

KINGSTON

KINGSTON — Yamaykaning poytaxti. Yamayka o. ning jan.-sharqida, Karib dengizi sohilida. K. Sent-Andru bilan alohida maʼmuriy birlikni tashkil qiladi. Iqlimi tropik, sernam; yanv. ning oʻrtacha t-rasi 24,3°, iyulniki 27,6°. Yillik yogʻin 700 mm. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Aholisi 600 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Kingston 1693-y. da inglizlar tomonidan bunyod etilgan, keyinroq shahar qul … Читать далее

KINESHMA

KINESHMA — RF Ivanovo viloyatidagi shahar (1777-y. dan), Volga daryosi boʻyidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi qariyb 103 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yirik toʻqimachilik sanoati markazi (ip gazlama k-ti, toʻqimachilik f-kalari). «Elektrokontakt», «Avtoagregat», oʻrmon kimyosi z-dlari, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor. K. 16-a. dan maʼlum. Loading… Пост Навигацияси Previous PostKINETIKA Next PostKINO DEKORATSIYASI SANʼATI

MOLAMYAYN

MOLAMYAYN, Moulmeyn — Myanmadagi shahar. Moi millim viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 250 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Yirik t. y. stansiyasi. Andaman dengizining Moutama qoʻltigʻi so-hilidagi port (asosan, oʻrmon mahsulotlarini chetga chiqarish uchun moʻljallangan). Taxta tilish, sholi oklash, kema taʼmirlash korxonalari, toʻqimachilik f-kalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. Пост Навигацияси

MINNEAPOLIS

MINNEAPOLIS — AKSHning shim. qismidagi shahar. Minnesota shtatida. Aholisi 382,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Missisipi daryosi boʻyidagi port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Michigan va Qoyali togʻlar oraligʻidagi q. x. r-nining muhim savdomoliya markazi. Ja-honda yirik gʻalla birjasi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik. Radioelektronika (jumladan, EHM, … Читать далее

MESSINA

MESSINA — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya o. ning shim.-sharqiy sohilida. Messina provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 236,6 ming kishi (2001). Messina iqtisodiy ahamiyati boʻyicha orolda 2-oʻrindagi shahar. T. y. paromi orqali Apennin ya. o. sohilidagi shaharlar bilan bogʻlangan. Kimyo, oziqovqat, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari mavjud. Un-t (1548), dengiz biologiyasi in-ti, botanika bogʻi, muzey bor. … Читать далее

MANGEYM

MANGEYM, Manxaym — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Aholisi 308,9 ming kishi (1998). Lyudvigsxafen shahri bilan birgalikda sanoat aglomeratsiyasini tashkil etadi. Nekkar daryosi Reyn daryosiga quy-ilish joyidagi port. Mashinasozlik (stanoksozlik va avtomobilsozlik, q. x. mashinalari, elektrotexnika), kimyo, toʻqimachilik, qogʻoz, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Rangli metallurgiya rivojlangan. Metalldan quyma buyumlar, poʻlat konstruksiyalar ishlab chiqariladi. … Читать далее