MESSINA

MESSINA — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya o. ning shim.-sharqiy sohilida. Messina provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 236,6 ming kishi (2001). Messina iqtisodiy ahamiyati boʻyicha orolda 2-oʻrindagi shahar. T. y. paromi orqali Apennin ya. o. sohilidagi shaharlar bilan bogʻlangan. Kimyo, oziqovqat, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari mavjud. Un-t (1548), dengiz biologiyasi in-ti, botanika bogʻi, muzey bor. M. da tez-tez zilzila boʻlib turadi, eng kuchlisi 1908-y. da boʻlgan. Harbiy dengiz bazasi. Meʼmoriy yodgorliklardan 12—16-a. larda qurilgan cher-kov, sobor, favvoralar saqlangan. Shaharga mil. av. 730-y. da asos solingan. Mil. av. 493-y. gacha Zankla, oʻsha yildan Messina deb atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x