MILUOKI

MILUOKI — AQSHning shim. qismidagi shahar. Viskonsin shtatida. Axoliyey 596,9 ming kishi (2000). Miluoki daryosi Michigan koʻliga quyiladigan yerdagi port. Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatining yirik markazi. Stanoklar, presslash va sanoat jihozlari, elektromotorlar, q. x. va yoʻl qurilish mashinalari, konchilik jihozlari ishlab chiqariladi. Avtomobilsozlik, priborsozlik, harbiy sanoat, qora va rangli metallurgiya korxonalari bor. … Читать далее

MONROVIYA

MONROVIYA — Liberiya poytaxti (1847-y. dan). Montserrado grafligining maʼmuriy markazi. Sent-Pol daryosining Atlantika okeaniga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 450 ming kishidan ziyod. Iklimi subekvatorial, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 28°, iyulniki 25°. Yiliga 4800 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Monroviya — yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Chetga … Читать далее

PORT-ELIZABET

PORT-ELIZABET — JARning jansharqiy qismidagi shahar. Aholisi 303 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari, shahar atrofi bilan 855 ming kishi). Tinch okeanning Algoa buxtasi sohilidagi port. Yirik t. y. tuguni. Mashinasozlik, xususan, avtomobil yigʻish, elektrotexnika, kemasozlik rivojlangan. Kimyo, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari, un-t bor. Shahar 1920-y. da qalʼa oʻrnida bunyod etilgan. Пост Навигацияси

MARAKAIBO

MARAKAIBO — Venesuelaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar, Suliya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisining soni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-oʻrinda (Karakas sh. dan keyin); aholisi 1,5 mln. kishi (1990-y. lar oxirlari). Marakaybo neft sanoati r-nining savdo va sa-noat markazi. Yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 70 mln. t), asosan, neft sanoati uchun xizmat qiladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. … Читать далее

MANGALOR

MANGALOR — Hindistonning jan. qismidagi shahar. Karnataka shtatida. Aholisi 587 ming kishi (2001). Arabi-ston dengizi sohilidagi port (chetga kofe, sandal daraxti, ziravorlar, temir rudasi chiqariladi). Aeroport bor. Q. x. maxsulotlari (asosan, kofe) qayta ishlanadi. Kulolchilik-keramika, kimyo oʻgʻitlari z-di, metallurgiya k-ti, un-t bor. Turizm rivojlangan. Пост Навигацияси

KLIVLEND

KLIVLEND — AQSHning shim.sharqiy qismidagi shahar. Ogayo shtatida, Eri koʻlining jan. sohilida. Mamlakatning muhim sanoat, moliya va yirik madaniy markazlaridan biri. Aholisi 478 ming kishi (2000). Shaxar orqali Atlantika okeani soqilini Detroyt va Chikago sh. lari bilan bogʻlovchi asosiy t. y. va shosse magistrallari oʻtgan. Xalqaro aeroport bor. K. — Buyuk koʻllar sistemasidagi eng katta … Читать далее

MEDAN

MEDAN — Indoneziyadagi shahar. Shim. Sumatra provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,9 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri). Sumatra o. ning shim.-gʻarbida, Malakka boʻgʻozidagi port. Tamaki, kauchuk, choy, sizal yetishtiriladigan q. x. rayonining yirik savdo markazi. Oziq-ovqat, qogʻoz, rezinatexnika, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Un-t, muzey bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid, sobiq Dexli sultonligi hokimi saroyi saqlangan. … Читать далее

MALABO

MALABO (1973-y. gacha Santa-Isabel) — Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. Bioko o. da joylashgan. Ikdimi ekvatorial iqlim, yillik oʻrtacha t-ra 25,4°; yiliga 200 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Aholisi 40 ming kishidan ziyod. Shaharga 19-a. ning 20-y. larida inglizlar tomonidan asos solingan. 1843-y. gacha Port-Klarens, oʻsha yildan Santa-Isabel deb atalgan. 1968-y. gacha Ispaniya mustamlakasi Gvineyaningmaʼmuriy markazi boʻlgan, … Читать далее

PATNA

PATNA — Hindistonning shim. qis-midagi shahar. Gang daryosining oʻng sohilidagi port. Bihar shtatining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Q. x. mahsulotlari bilan savdo qilinadigan markaz. Aholisi 1,7 mln. kishi (2001). Ip gazlama, oziqovqat, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam va parcha toʻqiladi, mebel va metall buyumlar tayyorlanadi. Un-t (1917), muzey, noyob qoʻlyozma asarlar saqlanadigan kutubxona … Читать далее

MATANSAS

MATANSAS — Kubadagi shahar. Matansas provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 125 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Atlantika okeanining Matansas buxtasidagi port (chetga shakarqand chiqariladi). Kimyo (jumladan, oltin-gugurt kislotasi, oʻgʻitlar, sunʼiy tola i. ch.), tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Arxeologiya muzeyi, shahar yaqinida Belyamar karst gʻori bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1693-y. … Читать далее