KINGSTON

KINGSTON — Yamaykaning poytaxti. Yamayka o. ning jan.-sharqida, Karib dengizi sohilida. K. Sent-Andru bilan alohida maʼmuriy birlikni tashkil qiladi. Iqlimi tropik, sernam; yanv. ning oʻrtacha t-rasi 24,3°, iyulniki 27,6°. Yillik yogʻin 700 mm. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Aholisi 600 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari).

Kingston 1693-y. da inglizlar tomonidan bunyod etilgan, keyinroq shahar qul savdosining Vest-Indiyadagi eng katta markazi boʻlgan. 1872-y. dan Yamaykaning maʼmuriy markazi. Shahar 1907-y. gi zilziladan deyarli butunlay vayron boʻlgan. 1962-y. da Kingstonda Yamayka mustaqilligi eʼlon qilingan.

Kingston — mamlakatning savdo-sanoat va madaniyat markazi. Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Karib dengizi soqilidagi yirik port. Mamlakat import mollarining deyarli hammasi, eksporti (shakarqand, rom, paxta, kofe, banan)ning koʻp qismi Kingston porti orqali oʻtadi. Sanoati oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, yogʻochsozlik, metallsozlik korxonalari, neftni qayta ishlash, sement z-dlaridan iborat. Kingstonda Vest-Indiya un-tining fakultetlari, in-tlar, Yamaykani oʻrganish inti (kutubxona, muzey va sanʼat koʻrgazmasidan iborat), sanʼat, tabiiy fanlar va texnologiya kolleji, teatr va b. bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Rokfort qalʼasi (17—19-a. lar), San-Tomas sobori (17-a., 1907-y. da qayta qurilgan) saqlangan. Kingstonda hukumat, chet el kompaniya va banklari idoralari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x